SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Aniqlоvchi dеb nimaga aytiladi?
Aniqlоvchining ma’nо turlarini sanab bеring.
Sifatlоvchi qanday ma’nоlarni anglatadi?
Izоhlоvchining ma’nоlarini sanang.
Sifatlоvchi va izоhlоvchilar so`zlarga qaysi yo`l bilan bоg`lanadi?
Qaratqich aniqlоvchi qanday shaklllanadi?
Qaralmish qanday usul bilan so`zga bоg`lanadi?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
1. Qaysi qatorda aniqlovchiga to‘g‘ri ta’rif berilgan.
A) Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak. B) Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak.
C) Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan bo‘lak.
D) Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak.
2. Izohlovchini toping.
A) O‘zaro izzat-hurmatsiz hech qanday do‘stlik bo‘lmaydi.
B) Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi.
C) Professor G‘affor Nasriddinov matematikani iqtisod bilan bog‘lab, talabalarga ma’ruza o‘qiydi.
D) Aql barkamollashib, yosh ulg‘aygandagi do‘stlikkina mustahkam bo‘ladi.
3. Izohlovchi bildiradigan ma’nolar qaysi javobda berilgan?
A) amal, unvonni B) A, C C) mashg‘ulot, kasb, mutaxassislikni D) hajm-vaznni
Uyga vazifa:
Gaplar tarkibidagi izohlovchilarni topib, ma'nolarini izohlang va izohlanmish bilan birga ko‘chiring.
N a m u n a : Nurmat tog‘a - qarindoshlik ma'nosida.
1. Nurmat tog‘a hayron bo‘ladi. (S.Ahm.) 2. Shoshmang, Musa aka, bu gapni a'zolar o‘rtasida tashlab olaylik, axir, qani, umumiy majlis nima deydi. (S.Ahm.) 3. Avaz nima desin, Sanam xola bilan Hulkarning orasi bunaqa...(P.Q.) 4. Mana, Musaxon pochchaning nimaligi ham bilinib qoldi. (O.) 5. ...professor Salimxon Obidiy paxtadan ko‘ra ko‘proq mol-mulkni gapirardi, o‘zining qimmatbaho narsalari bilan faxrlanardi. (Mirm.) 6. Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. (A.Q.) 7. – Zeli og‘a, sizga nima bo‘ldi? (T.Malik)
8. Eshikdan ikki qurollangan yigit muhofazasida Otabek va Mirzakarim qutidor ko‘rinib bekka qulluq qildilar. (A.Qod.) 9. Sayfi qulfgar xotinining og‘zi-burnini qonga belagach, ko‘ngli tinchidi, shekilli, yaktagini qoqib, belbog‘ini qayta bog‘ladi-da, uyga kirib ketdi. (Olmos)
10. Master Tohir akaning po‘pisa aralash ovozini eshitgan yigitlar gur etib tarqalishdi. (J.Abd.) 11. Ayam Ali laylakning xotinidan eshitgan gaplarini, o‘zining gumonlarini to‘kib soldi. (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |