MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR.
1-Tarqatma material.
Bеrilgan gapdagi ikkinchi darajali bo`laklarni tahlil qiling:
Qishlоqning u bоshidan bu bоshiga еtgunga qadar birоr kimsaning qоrasi ko`ringani yo`q.
2-Tarqatma material.
Savollarga javob bering
Hol haqida ma’lumot bering.
Ravish holi qatnashgan gap tuzing.
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1- mashq.O‘qing. Gaplar tarkibidagi hollarni topib, qaysi so‘zga bog‘langanini aniqlang.
1. Namozgar paytida ko‘chada qiy-chuv, dod-faryod bo‘lib qoldi. (A.Q.) 3. Erta bilan hamma ish sari oqmoqda, quyosh esa asta-sekin qizib, nurlarini har tomon sochmoqda edi. (H.O.) 4. Muharrir chuqur uf tortdi, peshonasini ishqaladi, keyin mumkin qadar sovuqqonlik bilan so‘radi. (A.Q.) 5. U o‘zini qanchalik beg‘am tutmasin, bari bir ota-ona hasrati ahyon-ahyonda qalbini asta tirnab o‘tardi. (J.Abd.) 6. Nizomjon ularning suhbatiga xalal bermaslik uchun vaqtlikkina chaylasiga qarab ketdi. (S.Ahm.) 7. Shu choq leytenant Steklovning shamollagan xirqi ovozi gurilladi. (O.) 8. Mahallada Nazir olifta degan nom chiqardi. (O‘.Umarbekov) 9. Nima qilay, Nuri opa, tong qorong‘isidan beri menga tinim yo‘q. (O.)
2-mashq.Gaplar tarkibidagi o‘rin va payt hollarini o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring.
Shu kuni kechqurun telefonlashib, erta bilan Hafiza Patilaxonlar oilasi bilan mashinada Vodilga jo‘nadi. (Mirm.) 2. – Buni yosh qiz vaqtimdan, hu mundan qancha yil ilgari oyim sotib olib bergandi, - madorsizlanib yig‘i aralash so‘zladi Gulnor. (O.) 3. Hammasi unutilib ketadi – kim qishda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik qahratonni umrbod eslab yuribdi...(Sh.) 4. Bu yil kuzda buloq boshida o‘zini ko‘rdi, ertasiga o‘sha soatu o‘sha joyda yana ko‘rdi. (M.Ism.) 5. Nozima avval unga oilasidagi ahvolni, ota-onasi g‘oyat tashvishda ekanini bildirib, so‘ng nasihat qilgan bo‘ldi. (T.Malik) 6. Bo‘riboev oldin har kuni qatnab yurdi. (O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |