3-mashq.Gaplar tarkibidagi miqdor hamda vaziyat hollarini o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring.
1. Otaqo‘zi millioner raislarga xos viqor va dabdaba bilan qo‘qqisdan “bostirib” keldi. (O.Yo.) 2. Bashirjon hamon qalt-qalt titrab turardi. (N.Aminov) 3. ...lekin u nihoyatda vazmin, beharakatchan ko‘rinardi. (O.) 4. Evoh, Hayot piq-piq yig‘lar, yelkalari dir-dir titrar edi. (M.Ism.) 5. Latifjon asta-sekin undagi eng yaramas xislatlarni ziyraklik bilan seza boshladi. (J.Abd.) 6. Bashorat shoshib, qoqina-qoqina ketib borar edi. (As.M.) 7. Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etdi. (S.Ahm.) 8. Nurmatjon, og‘zini katta ochib, og‘ir-og‘ir kiprik qoqdi. (A.Q.) 9. Shu zahoti shoshqich ravishda parda yopilib, Elchin sahna chekkasida tomoshabinlar bilan yuzma-yuz qoldi. (T.Malik) 10. O‘ktam turli-tuman yumushlar bilan qancha band bo‘lmasin, qurilishni bir minut ham unutmas edi. (O.) 11. Sizni yana sog‘-salomat ko‘rib behad quvondim. (M.Osim)
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Hоl dеb nimaga aytiladi?
Hоlning ma’nо turlarini sanang.
Tarz hоlining ta’rifini ayting.
Sabab hоllari qanday ifоdalanadi?
Maqsad hоllari qanday so`rоqlarga javоb bo`ladi?
To`siqsizlik hоli haqida ma’lumоt bеring.
SHart hоli qanday shaklda ifоdalanadi?
Rеlyativ alоqani tushuntiring.
Daraja-miqdоr hоli qanday ifоdalanadi?
O`rin hоli qaysi so`z turkumlaridan ifоdalanishi mumkin.
Payt hоli qanday so`rоqlarga javоb bеradi?
Payt hоli qanday so`zlar yordamida ifоdalanadi?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR.
1. Karima derazadan boshini chiqarib, ularga qarab qo‘ydi. Ushbu gapdagi vaziyat holini aniqlang.
A) ularga B) qarab C) derazadan D) boshini chiqarib
2. Mahmud majlisda qatnashmagan bo‘lsa-da, topshiriqni bajardi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud?
A) sabab holi B) maqsad holi
C) vaziyat holi D) to‘siqsizlik holi.
3. Uning kelayotganini sezmasdan eshikni yopdi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud va u qanday so‘z bilan ifodalangan?
A) harakat nomi bilan sabab holi ifodalangan
B) ravishdosh bilan sabab holi ifodalangan
C) sifatdosh bilan sabab holi ifodalangan
D) Ushbu gapda hol qo‘llanmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |