MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-tarqatma material
Bеrilgan gapdagi ikkinchi darajali bo`laklarni tahlil qiling:
Qishlоqning u bоshidan bu bоshiga еtgunga qadar birоr kimsaning qоrasi ko`ringani yo`q.
2-Tarqatma material.
Savollarga javob bering
Aniqlovchi nima?
Aniqlovchi gapda qanday vazifada keladi?
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-Mashq.Gaplar tarkibidagi qaratqich-aniqlovchilarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring, so‘roqlarini yozing.
1. Birvarakayiga shuncha alam – otasining tiragi, yolg‘iz akasining qo‘llari bog‘lanib, olib chiqib ketilishi... (Mirm.) 2. Shu asnoda dala yo‘lidan chang va suron bilan paxta karvoni chiqib, katta yo‘lga qo‘shildi. (O.) 3. Shundan beri sizning boshingizga qancha kulfatlar tushdi. (P.Q.) 4. Qaysi hovli, qaysi xonadonga Oriyat buvi kirmasin, uy bekalari uni ikki bukilib kutib olishar, uy to‘ridan joy ko‘rsatishar, topgan-tupganlarini to‘kib solishar edi. (J.Abd.) 5. Arslonovaning qo‘llab-quvvatlashi, Nazirjon Nabijonovichning xayrihohligi uning yuragiga o‘t yoqib turardi. (J.Abd.) 6. Qani bir nay bo‘lsa, Yo‘lchi ham chalsa-da, butun ko‘ngil qayg‘ularini, oila o‘chog‘idan ayrilgan g‘arib, tanho ruhning to‘lqinlarini kechaning sukut to‘la og‘ushiga qo‘ysa...(O.) 7. Yozning issig‘i borgan sari shaharning jin ko‘chalariga qamaladi. (S.Barnoev) 8. – Met-roning tunnelini Bo‘zsuvning ostidan qanday o‘tkazish muammosi bor-ku! (P.Q.) 9. Qaerdadir chang, ud va nay ovozini eshitdi... (O.) 10. Uzoqda,
2 -mashq.Gaplar tarkibidagi sifatlovchi-aniqlovchilarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring, so‘roqlarini yozing.
1. Eskiroq yo‘l-yo‘l pijamasining kengligidanmi, u juda baquvvat, miqti ko‘rinar, yaltiroq katta boshi, ayniqsa, do‘ng peshonasi uni suratlardagi qadimgi yunon faylasuflariga o‘xshatar, yirik go‘shtdor burni esa yonoqlari turtib chiqqan keng yuziga shiddatli bir ifoda baxsh etar edi. (O.Yo.) 2. Keluvchi daroz, yalang‘och ko‘krakli, oriq yuz, qirra burun, botiq ko‘zli, hakkari etikli bir yigit edi. (G‘.G‘.) 3. ...uning ko‘kimtir beretka ostidan toshgan, jingalak to‘lqinli ko‘rkam sochlari qariyb butun peshonasini qoplagan edi. (O.) 4. Normurod Shomurodov kirtaygan ko‘zlarini undan uzib, kalta guldor ko‘ylak kiygan, qop-qora silliq sochlari yelkasiga shaloladay quyilgan, nozikkina, xushsurat qizga yuzlandi. (O.Yo.) 5. Uyning ayvonida egniga ko‘k shoyi ko‘ylak, oyog‘iga qoshiqdekkina kavush kiygan, boshiga ohori to‘kilmagan oppoq doka ro‘mol o‘ragan, ko‘zlari tegrasiga surma tortgan nozik-nimjongina bir kampir shosha-pisha ko‘rpacha yozmoqda edi. (O.Yo.) 6. Navbatdagiday bemalol, xushkayf, serchaqchaq suhbat davom etar edi. (G‘.G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |