2-mashq.Uyushgan bosh bo‘laklarni topib, bog‘langan so‘zlarini aniqlang.
1. Haydar unga juda o‘xshar, kelishgan bo‘y-basti, qoramag‘iz cho‘zinchoq yuzi, chiroyli qiyg‘ir burni – hammasi Otaqo‘zining o‘zginasi edi.! (O.Yo.) 2. Uning xayoli hamon qishloqda, tole mujdasida edi. (M.Ism.) 3. E'tiqod va hunar, imon va idrok - insonni inson qilgan narsalar shu. (I.Sulton) 4. Eng muhimi – bu mal'un ularning sherigi, ularning odami. (T.M.) 5. Sigir-buzoqlarni kuzatar, tayyorlanayotgan yemlarni tekshirar, kamchiliklarni ko‘rsatar, yangi yo‘l-yo‘riqlar berar ekan, dam-badam Rayhon keladigan tomonga nigoh tashlar, sabrsiz kutardi. (J.Abd.) 6. Kenjasini yaqin-yaqingacha kutardi, o‘zining aytishicha, uning ko‘zlari, chakkalari, qoramag‘izligi Umidga o‘xshab ketarkan. (Mirm.) 7. Mulla Norqo‘zi har kuni bozordan qaytib samovarga chiqadi va ko‘ngli tortgan odamlarni atrofiga to‘plab, yarim kechagacha gap sotadi. (A.Q.) 8. Lekin bu kishidagi o‘sha tahlika, o‘sha hadik bo‘lmaganda, ilondan qo‘rqqanlari ko‘zlariga bunchalik yomon ta'sir qilmas edi. (P.Q.) 9. ... bu – yuziga qora kuya surtilgani, sharmandayi sharmisor bo‘lgani, nomusining bukilgani. (S.Anorboev.) 10. Dildor zveno qizlari orasida ham eng ko‘hligi, ham eng bo‘shashgani edi. (S.Ahm.)
3-mashq.Uyushgan to‘ldiruvchilarni topib, qaysi so‘zga bog‘langanini aniqlang.
1. Munisxon besh yil yashab uning yuzlarini, ko‘zlarini bunaqa loqayd, ifodasiz ko‘rmagandi. (S.Ahm.) 2. Haqiqatan, qo‘l ko‘targan notiqlar Haydar to‘g‘risida ham, yosh olimga yaxshi g‘amxo‘rlik qilgan Vohid Mirobidov to‘g‘risida ham ayni ko‘ngildagi gaplarni gapirishdi. (O.Yo.) 3. Otaqo‘zi o‘g‘lining ilhom va hayajondan qizarib ketgan xushbichim qoramtir yuziga, kelishgan bo‘y-bastiga tikilib, tiniq yangragan ovoziga quloq solib o‘tirarkan, yuragini yana boyagi iftixor hissi chulg‘ab oldi. (O.Yo.) 4. U bu masalaning butun murakkabligi, ko‘lami va mohiyatini ildiz-ildizigacha ochib berdiki, olim shu haqda gapirayotganda butun zal suv quyganday jimjit bo‘lib qoldi. (O.Yo.) 5. Direktorimiz Fizika bilan Kimyoni dorilanuvchi dala jo‘natadi. (T.Murod) 6. U maqtov, ta'rifni yaxshi ko‘rardi, ba'zi kishilar uning bu fe'l-atvoridan foydalanishardi. (O.) 7. Katta, favqulodda voqyea qarshisida inson har narsani unutib, yolg‘iz shu voeaning hayajoni, sezgisiga berilganidek,, yosh olim ham butun vujudi bilan xalq fikriga, xalq dardiga qiziqdi. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |