MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR.
1-Tarqatma material.
Uyushiq bo’laklar haqida ma’lumot.
Umumlashtiruvchi so’z nima?
2-tarqatma material.
Uyushgan bosh bo‘laklarni topib, bog‘langan so‘zlarini aniqlang.
1. Trotuarda har xil odamlar – portfel ko‘targan amaldorlar, bola yetaklagan qariyalar, meva to‘la savat ko‘targan xotinlar... – hammasi qayoqqadir shoshadi. (As.M.) 2. Hamma narsa sirli, orombaxsh, jilvagar. (J.Abd.) 3. Bu oq bino, uning yorug‘ derazalari, muallimlari, o‘quvchilari, sport maydoni, harakat, shovqin – bular hammasi bundan ikki yil avval qayoqda edi! (H.G‘.) 4. Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi, keyin otasining g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo qildi. (A.Q.)
MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.O‘qing. Gaplar tarkibida qaysi bo‘laklar uyushganini aniqlang.
1. Hayotxon chehrasida atirgul yaproqchasidek toza, nafis, tiniq bir jilmayish, ko‘zlarida baxtdan, nurdan bunyodga kelgan bir juftgina yosh paydo bo‘ldi. (M.Ism.) 2. Bu kun u ayniqsa hazin, yurakni ezuvchi ruhning qayg‘ularini, intizorliklarini ko‘zlardan qatra-qatra tomdiruvchi kuylarni kuyladi. (O.) 3. Dam salobatli, dam jozibador yangrovchi tanbur sadosi tinglovchini go‘yo sehrli qayig‘i bilan allaqanday maftunkor sohil sari boshlar, goh tebratib, goh to‘lqinlatib borardi. (J.Abd.) 4. Har bayram Qodirjon orqali, ba'zan boshqalar orqali sovg‘a-salomlar yuborib turdi, moddiy yordam taklif qildi, necha marta uyga chaqirdi. (O.Yo.) 5. Boshqa payt bo‘lganda Latofat ehtimol, bu faryodga, go‘yo ko‘kka qaratilgan bu nidoga chidab turolmas, go‘daklik chog‘laridagiday onasining bo‘ynidan quchoqlab, qo‘shilib yig‘lagan bo‘lardi. (O.Yo.) 6. Odatda doim gavjum, sershovqin bo‘ladigan maydon va xiyobonlarda, gulzor o‘rtasidangi kumushrang favvora atrofida hozir odam siyrak. (O.Yo.)7. U o‘rta bo‘yli, nozikkina qiz edi, lekin poshnasi baland tufli kiygani uchunmi yo tashlab qo‘ysa beliga tushadigan yo‘g‘on, qo‘ng‘ir sochlarini boshi uzra baland qilib turmaklab olgani uchunmi, novchagina ko‘rinardi. (O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |