3-mashq. Ajratilgan aniqlovchilarni topib, tagiga chizing.
1. Uning qiyqirig‘i ko‘kda mag‘rur suzgan sahro sultoni – burgutning diqqatini ham jalb qildi. (J.Abd.) 2. Bukun kun bo‘ladi: ravshan va bedog‘, G‘ubor yo‘qdir zarra havoda. (H.O.) 3. Ammo mingboshi – qaynataning po‘pisasi kuyovining shaxtini sindirishga ojizlik qildi.(M.Ism.) 4. Shundayin bir tog‘ki, opoq va yumshoq.(H.O.) 5. Kun bo‘ladi: marmar va zilol, Ko‘rinadi poyoni yo‘q ko‘k.(H.O.) 6. O, shoir qismati, yarqiroq, gulgun, Zavqlarga to‘lar u, bir so‘zni izlar.(R.Parfi)
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Ajratilgan bo`laklar dеb qanday bo`laklarga aytiladi?
Ajratilgan bo`laklar gapda qanday vazifa bajaradi?
Izоh tipida ajaratilgan bo`laklarga misоllar kеltiring.
Qaysi bo`lak invеrsiyaga uchraydi?
Ajratilgan bo`lakning asоsiy хususiyatlari.
Ajratilgan egaga tavsif bеring.
Ajratilgan kеsimga misоl kеltiring.
Ajratilgan to`ldiruvchi bilan uyushgan to`ldiruvchilarni farqi nimada?
Ajratilgan aniqlоvchini misоllar оrqali tushuntiring.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR.
1. Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
A) bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan B) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi bilan C) bir predmetning ikki xil nomi bo‘lishi bilan D) A, B
2. Ajratilgan izoh bo‘lak berilmagan qatorni aniqlang.
A) Oshpaz opa, ellik-ellik besh yoshlarga borib qolgan ayol, yopilgan nonlarni dasta-dasta qilib o‘rarkan, kulib javob berdi.
B) yozda, ta’til kunlarida bir necha badiiy asarlar o‘qidik.
C) Bu xabar ko‘plarni, shu-jumladan, meni ham, ajablantirdi.
D) Bulbullarning, sa’valarning sayrashi bizlarga zavq berardi.
3. U oilasi bilan – xotini, chaqaloq qizi, o‘n besh yoshli o‘g‘li bilan – Oltiariqqa ko‘chib bordi. Bu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega D) kesim
4. Ertasi ertalab qishloq chetida, maktab yonidagi sayhonlikda, ko‘p odam yig‘ildi. Ushbu gapni qanday izohlaysiz?
A) uyushiq bo‘lakli gap B) undalmali sodda gap
C) qo‘shma gap D) ajratilgan o‘rin holli gap.
5. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni toping.
A) Bektemir ko‘zlarini ochganda, yomg‘ir tez va shiddat bilan yog‘moqda edi.
B) Afsuski, er yuzida urushsiz yashab bo‘lmayapti.
C) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar.
D) Qobiljon Umaraliev, tasviriy san’at o‘qituvchisi, to‘garak ishini yo‘lga qo‘yib yubordi.
6. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni belgilang.
A) Biz, turli tilga xos adabiyot vakillari, shu til tufayli bir-birimizni yaxshi bilamiz. B) Tejamkorlikni donolikning qizi, qanoatning singlisi va erkinlikning onasi deb hisoblash mumkin.
C) Yozda, ta’til kunlarida, bir necha badiiy asarlarni o‘qidim. D) A, C
7. ...Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega
Do'stlaringiz bilan baham: |