3-mashq.O‘qing. Payt va o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarni topib, ikkitadan gap ko‘chiring, ergash gaplarning tagiga to‘lqinli, bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq chizing, bog‘lovchi vositani doiraga oling.
1. U shunday xayollar bilan band ekan, pastki so‘qmoqda giyoh shitirlagandek bo‘ldi.(S.Ahm.) 3. Qaerda bo‘lsa, xotini uning yonida edi.(S.Ahm.) 4. Muharrir hozir keltirilgan choydan ikki ho‘plab endi bizga qaragan edi, eshikdan birov kirib keldi.(A.Q.) 5. Ehson sheriklaridan ayrilib kelar ekan, Saidiyni sababi o‘ziga ham aniq bo‘lmagan yana bir vahima bosdi.(A.Q.) 6. Shu kundan boshlab Soraxon har kirganida, Saidiy yangi bir narsa kashf qila boshladi.(A.Q.) 7. Qudrat minnatdorchilik bildirib uch-to‘rt qadam bosgandi hamki, orqadan haligi qizning ovozi eshitildi.(J.Abd.) 8. Yuqoriga chiqib qarasam, hamma dong qotib yotibdi.(A.Nesin) 9. Hamma o‘rnidan qo‘zg‘alib, ta'zim bajo keltirib turarkan, Husayn Boyqaro asta mag‘rur yurib, boshqa xonaga o‘tib ketdi.(O.) 10. O‘sha guzar tamom bo‘lgach, ko‘cha sharqdan g‘arbga buriladi.(S.A.) 11. Hali stolni yasatib ulgurmagan ham ediki, cho‘pon yigit “Moskvich”da to‘rxalta to‘la baliq olib keldi.(S.Ahm.) 12. U artinib ulgurmay, deraza qattiq taraqladi.(J.Abd.)
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
Ergashgan qo`shma gaplarning o`ziga хоs хususiyatlarini izоhlang.
Ergashgan qo`shma gaplarda sоdda gaplar o`zarо qanday grammatik vоsitalar оrqali bоg`lanadi?
Ergashgan qo`shma gapning qanday turlari bоr?
Ergashtiruvchi bоg`lоvchilar оrqali bоg`langan qo`shma gaplarni misоllar оrqali izоhlang.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning yordamchilarsiz birikishiga qaysi qatorda misol berilgan?
A) Tashqaridan kelgan oyoq tovushi bahona bo‘ldi-da, Aziza o‘rnidan turdi.
B) Yomg‘ir ko‘p yog‘di, ko‘katlar gurkirab o‘sdi.
C) Kasalning kelishi oson, ketishi ancha qiyin.
D) Yaxshida gina bo‘lmas, yomon gina ketmas.
2. Omborchi - erkak, ferma mudiri – erkak, do‘kon mudiri – erkak. Yuqoridagi gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap sanaladi?
A) sodda yoyiq gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
3. Sobir anhor bilan hovuz o‘rtasidagi supaga joy qildirib berdi-da, o‘zi qayoqqadir ketdi. Ushbu qo‘shma gapning turi...
A) ergashgan qo‘shma gap
B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
D) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |