Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR


Download 4.13 Mb.
bet312/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

MAVZUGA OID TARQATMA MATERIALLAR
1-Tarqatma material
Bеrilgan ko`chirma gapni o`zlashtirma gapga aylantiring.
Bеktеmir ularga qaramasdan, sеkin dеdi: - Qоpqоnga tushibmiz, bu qalay?
2-tarqatma material
Bеrilgan o`zlashtirma gapni ko`chirma gapga aylantiring.
U Fоtima yoniga hеch bоrmasligini, agar adasi kеlib qоlsa ham hеch bеrib yubоrmaslikni qayta-qayta aytardi.
3-tarqatma material
Venn diagrammasining taxminiy varianti.

Ko’chirma
gap

O’zlashtirma
gap



Umumiy xususiyatlari


MAVZU YUZASIDAN MASHQLAR
1-mashq.O‘qing. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni aniqlang.
1. Bektemir ularga qaramasdan, sekin dedi: - Qopqonga tushibmiz, bu qalay? (O.) 2. Xolam: - Bolaginam-ey, hyech bo‘lmasa shu bugun qovog‘ingni ochib o‘tirsang-chi, - deya urishib berdi.(X.T.) 3. Navoiy bu o‘lkaga hushyor odamlardan yuborib, ular orqali butun vaziyatdan ogoh bo‘lib turish mumkinligini bayon qildi.(O.) 4. Ahmadjon o‘ylab o‘tirmasdan darhol javob berdi: - Granata tashlardim! Yondirib yuborar edim! (A.Q.) 5. Salimov kabinetiga hyech kimni kiritmaslikni buyurdi.(J.Abd.) 6. - Qudrat akamning cho‘ldan oladigan alamlari bor, - qo‘shib qo‘ydi Gulchiroy.(J.Abd.) 7. - Bu janjallarga mening nima aloqam bor? - dedi Asadbek. (T.Malik) 8. G‘ulomjon yumuq ko‘zlarini xiyol ochib: - Yo‘q, bir oz charchadim shekilli, - dedi.(M.Ism.) 9. – Obid Yo‘ldoshevich, bizning bu Mahmudovimiz juda o‘zgarib ketibdi, - dedi. - Men bunaqaligini bilmas edim. (P.Q.) 10. - Ha, bunday degin, - Mirzakarimboy oyoqlarini gilamga uzatib, silab, gapni davom ettirdi.(O.) 11. Ertaga nikoh bo‘lgani uchun arava kerakligini, xo‘jayin bir-ikki kun shaharda qolishga buyurganini bildirdi.(O.) 12. – Inim Eshonxon, bu g‘oyat qiyin savdo, - dedi Otash dukchi.(A.Q.)


2-mashq.Quyidagi ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib, to‘rtta gap yozing.
N a m u n a : - Men ketyapman, o‘g‘lim, - dedi otasi = Otasi o‘g‘liga ketayotganini aytdi.
1. – Bu kun xalq juda ko‘p, - dedi yosh kotib. (O.) 2. – Kelib xo‘p yaxshi ish qildingiz-da, - dedi rais xayrlasharkan, - bizni umidvor qilib ketyapsiz, do‘stim. (J.Abd.) 3. Alibek yelka qisib: - Men nima qilishim mumkin? – dedi.(P.Q.) 4. Muzaffar to‘satdan dir-dir titray boshlagan qo‘llarini orqasiga yashirib: - Nimaga shama qilyapsan, tushunmadim, Rasul? – deb so‘radi.(O.Yo.) 5. Teshaboy boyagi dag‘dag‘a bilan emas, ancha past zaif tovush bilan: - Arzinglar bo‘lsa, hokimga borib aytinglar, - dedi. (M.Ism.) 6. Buni sezgan katta qizi: - Dada, siz menga qaramay ildamroq boravering, - dedi. (J.Abd.) 7. Sherzod yana bir narsa deb e'tiroz qilmoqchi edi, rais: - O‘rtoqlar, bahs tamom, muhokama tugadi, - dedi. (P.Q.) 8. Rasul Olloyorovich xuddi shu daqiqani kutib turganday: - Agar boshqa savollar, takliflar bo‘lmasa, shu bilan kengaytirilgan kengashimiz tugadi, o‘rtoqlar, - dedi odati bo‘yicha ko‘zoynagini almashtirib. (O‘.Usm.)



Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling