2-mashq. Ko‘chiring. Fe'l zamonlari , mayl hamda shaxs-son qo‘shimchalari almashib qo‘llangan o‘rinlarni aniqlang va izohlang.
N a m u n a : bo‘ldik– 1-shaxs ko‘plikdagi shaxs-son qo‘shimchasi 1-shaxs birlik o‘rnida qo‘llangan.
1. - Mana endi kar ham bo‘ldik! - dedi Vazira ma'yus tovush bilan.(P.Q.) 2. Bugun ikki haftadirki, u jiyanlarini yoniga olib guvala dumalatdira-di. (S.Ahm.) 3. Odamzodning, tarixning, zamonning intilishi shu, deysan. (M.Ism.) 4. Shuncha tang‘ib bog‘lasang ham bo‘lmaydi. (J.Abd.) 5. Biz bir durkum otliq boramiz. Jonivor toycham boshqa otlardan qolishmaydi... (A.Qod.) 6. ... O‘rmonjon ... chiroylikkina og‘izchasini otasining qulog‘iga yaqin keltirib: - Qandoq ovqat qilyapmiz? – deb so‘radi. (M.Ism.) 7. Q u m r i . Kecha nima dedingiz? Q o‘ ch q o r . Nima debmiz? (Sh.Boshbekov)
8. Lekin domla gapirgan bo‘lsa, qaynotasi to‘g‘risida gapirdi.(O.Yo.)
9. – Orqaga qaytmaysan. Shu yerda tong otguncha o‘tiraman. Qaytding, otaman. (S.Ahm.) 10. Qayoqqa qarasang, kambag‘al, bekorchi, nonga zor odamlarni ko‘rasan.(O.) 11. Yot kishining qorasini ko‘rdi, taftish qiladi...(J.Abd.) 12. Ashrafjon, go‘yo ukasining fikriga tushunganday: - Ertaga urushga ketyapman, uka, - dedi.(O.Yo.)
SAVOL-JAVOB ORQALI BILIMNI MUSTAHKAMLASH
Nutq uslublarini izоhlang.
Badiiy uslubning o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini izоhlang.
Ilmiy uslubning o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini misоllar оrqali izоhlang.
Publitsistik uslubning turlarini izоhlang.
Оg`zaki so`zlashuv uslubining o`ziga хоs grammatik хususiyatlarini izоhlang.
Оg`zaki va yozma nutq mе’yorlarini izоhlang
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR
1. Tilning uslubiy vositalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) sinonimlar, omonimlar B) polisemiya, metafora
C) epitet, metonimiya, sinekdoxa D) barchasi to‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |