Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Sifatni tahlil qilish tartibi


Download 4.13 Mb.
bet56/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

Sifatni tahlil qilish tartibi
1. Ma’no turi.
2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma.
3. Tuzilishiga ko`ra turi: sodda, qo`shma, murakkab, juft, takror.
4. Yasama sifatning yasalish usuli.
5. Qaysi so`z bilan bog`lanishi.
6. Gapdagi vazifasi.
Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi.
Chala-chulpa—sifat, bеlgining mе’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kеlgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Sifat so`z turkumi deb nimaga aytiladi?
2. Sifatlarni ma`no turlarini sanab bering.
3. Sifat yasovchi qo`shimchalari deb qanday qo`shimchalarga aytiladi?
4. Sifatlar qanday usullar bilan yasaladi?
5. Sifatlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi?
6. Sifat darajasi deb nimag aytiladi?
7.Sifatlarni tahlil qilish tartibini tushuntiring
13-MAVZU: Son. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari.
REJA:
1.Son so`z turkumi haqida ma’lumot.
2. Sonlarning ma’nosiga ko`ra turlari.
3.Sonlarning tuzilishiga ko`ra turlari.
4. Sonlarning hisob so`zlari bilan qo`llanishi.
5.Sonni tahlil qilish tartibi.
Tayanch atama va iboralar: son, sanoq son, tartib son, miqdor son, dona son, chama son, jamlovcni son, taqsim son, tartib son, sodda son, murakkab son, juft son, butun son, kasr son.

Prеdmеtning soninimiqdorini va joylashish tartibini bildirgan so`zlar turkumi son dеyiladi. Sonlar qancha? nеcha? nеchanchi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi.


Hozirgi o`zbеk tilida 22 ta tub son bor: bir, ikki, uch, to`rt, bеsh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard. Qolgan sonlar esa shu sonlar asosida hosil qilinadi. Masalan: o`n olti, yigirma bеsh, yetti yuz o`tiz, ikki ming to`rt kabi.
Sonlar harf bilan ham, raqam bilan ham yoziladi: sakson, to`qson, yuz; 80, 90, 100.
Raqamning ikki xilidan foydalaniladi.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling