Ko‘makchilarni tahlil qilish tartibi
Turi.
Qaysi kеlishikdagi so‘zga bog`langan?
Qanday ma’noni ifodalagan?
Qaysi so‘zni qaysi so‘zga bog`lagan?
Sinonimi.
Namuna: Fеruza kuni bilan dars tayyorladi.
Bilan sof ko‘makchi, bosh kеlishikdagi so‘zga bog`langan, vaqt ma’nosini ifodalagan, otni fе’lga bog`lagan, bo‘yi – kun bo‘yi.
Bog`lovchilarni tahlil qilish tartibi
1. Qo`llanishiga ko`ra turi (yakka, takror).
2. Ma’no va vazifasiga ko`ra turi (tеng, ergashtiruvchi).
3. Bog`lash xususiyatiga ko`ra turi (gap bo`laklarini, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni).
4. Sinonimi.
Namuna: Agar topshiriqlarni o`z vaqtida bajarsang, sеni ta’tilda Buxoroga olib boraman.
Agar – bog`lovchi.
1. Yakka bog`lovchi.
2. Ergashtiruvchi bog`lovchi, shart bog`lovchisi.
3. Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog`lagan.
4. Agarda.
Yuklamalarni tahlil qilish tartibi
Qaysi yuklamalr ishtirok etgan?
Ma’no turi.
Tuzilishiga ko`ra turi.
Imlosi.
Sinonimi.
Namuna: Iroda faqatgina arzimas narsalarga, faqatgina qandaydir ma’nosiz narsalarga osilib oladigan bo`lsa, u qaysarlikka aylanib qoladi (T.Malik).
faqatgina, -dir
faqatgina ayiruv va ta’kid yuklamasi, -dir gumon yuklamasi.
so`z va qo`shimcha shaklidagi yuklamalar.
so`z – yuklama ayrim yoziladi, qo`shimcha shaklidagi yuklama qo`shib yoziladi.
faqatgina – yolg`iz, qandaydir – allaqanday.
Savol va topshiriqlar:
1. Yordamchi so`zlar turkumi deb nimaga aytiladi.
2. Ko`makchi nima?
3. Ko`makchining qanday turlari bor?
4. Ko`makchilar qanday qo`llanadi?
5. Bog`lovchi nima?
6. Bog`lovchining qanday turlari bor?
7. Yuklama deb nimaga aytiladi?
8. Yuklamaning qanday turlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |