Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi


Download 4.13 Mb.
bet92/396
Sana31.07.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1664109
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   396
Bog'liq
МТ Она тили

3. Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1) ko‘rsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo‘sh, labbay, ha.
Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: (25; 100.) tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar odatda deb so‘zi bilan qo‘llanib, hol (U “voy” deb yonboshiga yiqildi), degan so‘zi bilan qo‘llanib, gapda ko‘pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Ko‘chada “dod” degan ovoz eshitildi) bo‘lib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) to‘ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo‘q.) vazifalarini bajaradi.
Taqlid so‘zlar. Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlar ma’no jihatidan ikki turga bo‘linadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so‘zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g‘arch-g‘urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo‘o‘, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g‘a-g‘a, qag‘ -qag‘ , pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so‘zlar: yalt-yult, apil-tapil, g‘uj-g‘uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo‘lt-mo‘lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g‘ivir-g‘ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid so‘zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo‘llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi.
Taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi gap bo‘lagi bo‘la oladi: Shamol g‘ir-g‘ir (hol) esmoqda.
Tovushga taqlid so‘zlar ba’zan otlashib, ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to‘ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g‘ ovur-g‘ ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri mahol.

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling