Ta'lim tarbiya ishlari gigiyenasi
O‘ta charchash natijasida nerv tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanishning kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi
Download 1.46 Mb.
|
Ta\'lim tarbiya ishlari gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
O‘ta charchash natijasida nerv tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanishning kelishib ishlash xususiyatini buzilishiga ya’ni asabiylik yoki nevrozga olib keladi.
Nevrozga chalingan bolalarda kasallik belgilari 3 holatda namoyon bo‘ladi; 1.Hayolparastlik; 2.O‘jarlik, qaysarlik; 3.Qo‘rquv; Bu negativ holatlarni yo‘qotish uchun ota-onalar, vrachlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib, uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o‘quv yuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o‘quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, aktiv dam olishi, sof havoda sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofein, kofe ichmasliklari kerak. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak. O'rta maktabning 1,2,3-sinflarida bir haftalik nagruzka 24-26 soat, 4 sinfda 26 soat bo’lishi kerak. Bu dars soatlaridan ko‘proq soatlar ashula, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ajratish kerak. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo'yadi, shuning uchun birinchi sinfda 35 minut dars o‘tib, qolgan 10 minutida turli ko'rgazmali qurollami ko'rsatish tavsiya etiladi. Darslar qiyin va oson bo'lishi mumkin. Qiyin fanlar osonroq o‘zlashtiriladigan fanlar bilan almashtirilib turilsa yaxshi bo'ladi. Dars jadvalida o'quv predmetlarining navbatlashib turishi bosh miya po'stlog'ining kun mobaynida bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko'chishini ta’minlaydi. Bu esa charchash va о’tа charchashning oldini oladi Har bir darsda jismoniy-tarbiya minutlari o'tkazilishi lozim. Bu o'quvchilaming aqliy charchashini oldini oladi. Jismoniy tarbiya minutida fortochkalarni ochib qo'yish kerak. Jismoniy-tarbiya minuti 2-3 minut bajariladi, mashqlarni barcha o’quvchilar bajarishi shart.Jismoniy-tarbiya minutlari uchun gavdaning orqa tomonidagi muskullar,qad-qomatini ko’tarib turadigan va nafas aktida ishtirok etadigan muskullarning mustahkamlanishiga yordam beradigan mashqlar talab etiladi. Bu mashqlarda orqa, qo’l panjasi muskullarini ham mashq qildirish bolalarning charchashining oldini oladi. Jismoniy-tarbiya minutlarmi o’tkazishdan maqsad, muskul va qon aylanish organlarini bir vaziyatda tutib, zo'r berib aqliy ish bajarayotgan o’quvchilarni aktiv faoliyatga ko'chirishdir. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling