- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, bir ish to‘rini ikkinchisi bilan almashtirib olib borish.
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tufayli aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka hosil qilish.
Xullas dars vaqtida aqliy mehnatning yuqori mahsuldorligini ta’minlash, charchashni oldini olish choralari quyiidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1."O‘qituvchi yangi materialni o‘quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo‘lgan vaqtida tushuntirish;
2.Darsning birinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo‘llab, o‘quvchi, diqqatini o‘zoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirilsa, yuksak natijaga erishiladi.
3.Dars berish usulini o‘zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4.Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5.O‘quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o‘quv texnika vositalarini keng qo‘llash, ammo o‘quv texnika vositalaridan, televizordan, programmalashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafil’mlardan foydalanishning o‘zi asosiy gigiyena koidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
6.Dars materialini tushuntirishda ko‘rgazma quro’llardan (rasmlar namoyshi qilish, tajribalar ko‘rsatish) didaktiv o‘quv vositalardan maksimal foydalanish.
Gigiyenistlar o‘quvchilarning darsda toliqish sabablarini o‘rganib chiqib, qiziqarli ma’lumotlarni keltirdilar. Ular aniqlashicha, yuqori sinf o‘quvchilarining charchashiga asosiy sabab ko‘pincha ularning darsga qiziqmasliklari, o‘qishning og‘irligi, mashg‘ulot bajarishga layoqatsizlik, darsni zerikarli o‘tilishi, dars materialini tushunmaslik, mikromuhitning salbiy ta’siridir. Agarda charchash holati o‘z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa u o‘ta charchash holatiga o‘tadi. Bu organizm uchun kasallikdir
O‘ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o‘zlashtirishlari pasayib ketadi. Maktab o‘quvchilarida o‘ga charchash, asosan o‘quv va o‘qishdan tashqari ishlarning me’yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, ochik havoda yto’g’rili sayr qilmaslik, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilmaslik natijasida kelib chiqadi.
Sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish sog’liq bilan bog’liq axborotlardan foydalanish va shifokor ko’rigiga borishda ham ijtimoiy yordam olish orqali ta’sir o’tkazilishi mumkin. Masalan, chekish ba’zi hududlarda boshqa hududlardan ko’ra odamlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinishi mumkin va qo’shnilar yo’talayotgan bolani ko’rib onasiga shifokor ko’rigiga borishni maslahat berishi mumkin. Ta’sir bevosita bo’lishi ham mumkin: qo’shnilar bolaning ta’lim olishi uchun mablag’ sarflashga ota-onani undashi mumkin, yaxshi ta’lim sog’liqni asrashda yaxshi omil hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |