Ta’lim va taraqqiyot


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/214
Sana13.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1771155
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214
Bog'liq
Тўплам 4

L.S. Vigotskiyning fikricha, muhit oliy psixik funksiyalaming taraqqiyot 
manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh o‗tishi bilan o‗zgarib boradi. Shuning 
uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish kerak. Insonda xulq-atvoming 
tug‗ma shakllari mavjud bo`lmaydi. A.N.Leontyev o‗z izlanishlarida faoliyatnng 
bola taraqqiyotiga ta‘siri muammosini ham chuqur o‗igangan. Tadqiqot natijasida 
faoliyat nazariyasi doirasida ―yetakchi faoliyat‖ tushunchasi shakllandi.Yetakchi 
faoliyat deganda taraqiqotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o 
‗zgarishlarga sabab bo`luvchi faoliyat tushuniladi., Maktabgacha yosh davrida 


 Namangan davlat pedagogika instituti “Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy jurnali
2023-yil 4-son. ISSN: 2992-9008. UDK: 37
 
28 
yetakchi faoliyat o‗yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga o‗tishda yetakchi 
faoliyat turi o‗zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadning motivga aylanishi, 
A.N.Leontyev ta‘biri bilan aytganda ―motivning maqsadga ko‗chishi― kuzatiladi. 
Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bo‗lgach vujudga keladi. V.N. 
Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan holda 
odamlar o‗rtasida hamkorlik, o‗zaro yordamni talab qiluvchi munosabatlar tarkib 
topmagan taqdirda faoliyatning o‗zi asosiy psixik sifatlaming shakllanishida 
neytral jarayon boiib qolishi mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar o‗rtasidagi 
bahs-munozaralar natijasida shu ma' lum boidiki, hatto, munosabat ko‗p jihatdan 
harakatga teskaridir deydi. [4.15b]Yuqoridagi ilmiy izlanishlarini oliob brogan yirik 
olimlarning nazaryalarini alabatda chetlab o`tib bolmaydi. 
NATIJALAR TAXLILI 
Kichik maktab yoshida bolalar ruhiyatida turli inqirozlarga uchramaslik 
uchun maktabgacha bo‗lgan yosh davrda farzand psixologiyasida jamoa orasida 
o‗zini tutishga bo‗lgan yuzaki holatda adabtatsiya shakillantirish joiz deb 
o‘ylaymiz.Yuzaki holat deyishimizning sababi maktabgacha ta‘limda va kichik 
maktab yoshidagi bolalarda diqqat barqarorligi sust rivojlanganligini inobatga 
olish o‗rinli bo‗ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar olti yoshdan o‗n (o‗nbir) 
yoshgacha bo‗gan maktab o‗quvchilarini kiritamiz[1.112b].
Shuni ham aytib o‗tish kerakki, kichik yoshdagi bog‗cha bolalari o‗zlarining 
mehnat faoliyatlarini hali yo‗lga qo‗ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning 
juda sodda turlari bilan, y‘ani o‗simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, 
hovliga suv sepish va shu kabilar shug‗ullanadilar. 0 ‗rta va katta guruh bolalan 
mehnat faoliyatini o‗yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda 
bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, y‘ani mehnatning 
ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun lozimligini tushunadilar. Ular 
kattalarning oiladagi uy-ro‗zg‗or ishlariga zo‗r ishtiyoq bilan yondashadilar, 
kichkintoylar uchun qog‗oz, karton faner va plastilindan turli o‗yinchoqlar 
yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‗g‗ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalaming 
har tomonlama, y‘ani ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy 
tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta‘sir qiladi.[ 4. 41b] 
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ta‘lim tarbiyaning ahamiyatlilik darajasi 
ancha yuqori hissoblanadi chunki, farzand bir holatda ikkinchi bir holatga o‗tish 
jarayonida o‗rganish taqlid qilish jarayonlari birdaniga kechayotgan davr bo‗ladi. 
Tarbiya avvalambor hammamiz uchun zarur omillardan biri. Tarbiya natijasida 
inson jamiyatda ma‘lum bir o‗ringa mavqega ega bo‗ladi, ana edi kichik maktab 
yoshidagi bolalarning tarbiyasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, ularga asosiy andoza ota-
onasi bolishi yoki maktabdagi ilk o‗qituvchisi bo‗lishi mumkin. Farzand, ya‘ni 



Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling