Ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti analitikkim yo fanidan zamonaviy pedagogik tehnalogiyalar asosida tayyorlangan


Eritmalarni bo’lib-bo’lib va sistematik


Download 2.92 Mb.
bet15/86
Sana02.06.2024
Hajmi2.92 Mb.
#1836587
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-A N A L I T I K K I M YO

Eritmalarni bo’lib-bo’lib va sistematik
analiz qilish
Izlanayotgan ionlarni spetsifik reaktsiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alohida ulushlaridan (bu eritmada boshqa ionlar bo’lishidan qat’iy nazar) bevosita topish mumkin.
Bu usul “bo’lib-bo’lib analiz qilish usuli” deyiladi. Bunda qaysi ionni oldin, qaysi birini keyin topish ahamiyatga ega emas.
Spetsifik reaktsilar bo’lmasa, kationlarni bo’lib-bo’lib analiz qilish usulida analiz qilish imkoni bo’lmaydi, bunday holda ionlarni sistematik analiz qilish yo’li bilan aniqlanadi. Sistematik analizda qaysi ionni dastlab aniqlash tartibi katta ahamiyatga ega ayrim hollarda xalaqit beruvchi ionlarni ajratishga va ba’zi hollarda niqoblashga to’g’ri keladi.

Guruh reagenti


Sistematik analizda ionlar murakkab aralashmalardan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh qilib ajratiladi, bunda ularni guruh reagenti deb ataluvchi ba’zi reaktivlar ta’siriga bir xil munosabatda bo’lishidan foydalaniladi. Guruh reagenti ma’lum talablarga javob berishi kerak:
1)U kationlarni amalda to’liq cho’ktirish kerak(cho’ktirilgandan so’ng eritmada qolgan kation kontsentratsiyasi 10-6 moll dan oshmasligi kerak);
2)Keyingi analizni o’tkazish uchun hosil bo’lgan cho’kma kislotalarda oson eriydigan bo’lishi kerak;

  1. Ortiqcha qo’shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni aniqlashga halal bermasligi kerak.

Sifat analizida kation va anionlarning klassifikatsiyasi.Kationlar klassifikatsiyasi.
Sifat analizida kationlarni klassifikatsiyalashning bir necha usullari (sxemalari) bor:

  1. Vodorod sulfidli usul: bu metall sulfidlarining eruvchanligining turlicha bo’lishiga asoslangan.

  2. Vodorod sulfidsiz usullar:

a) kislota-ishqorli;
b) ammiak-fosfatli;
s) atsetat-amidli va hokazo.
Vodorod sulfidli usulda kationlar beshta analitik guruhga ajratiladi.

    1. I-guruh - K, Na, NH4, Mg2 ionlari. Guruh reagenti yo’q.

    2. II-guruh-Ba2, Sr2, Ca2. Guruh reagenti suyultirilgan . Bu guruh kationlarining barchasi bilan cho’kma hosil qiladi.

  1. III-guruh- Al3, Cr3, Fe2, Fe3, Zn2, Co2, Ni2, Mn2.

  2. Ular neytral va kuchsiz ishqoriy eritmalardan umumiy guruh reagenti ammoniy sulfid ta’sirida suvda erimaydigan sulfidlar va gidroksidlar hosil qiladi.

  3. IV-guruh- Su2, , Hg2, Cd2, Bi3, As3, As5, Sn2, Sn4, Sb(III),(V). Guruh reagenti kislotali sharoitda (pH=0,5) xlorid kislota ishtirokidagi vodorod sulfid.

  4. V-guruh- Ag, Hg22, Pb2. Guruh reagenti suyultirilgan HCl (0,2n).

Kationlarning kislota-asosli usul bo’yicha klassifikatsiyalash jadvali

Guruh

Guruh reagenti

Kationlar

I

HCl

Ag, Hg22, Pb2

II

H2SO4

Ba2, Sr2, Ca2

III

NaOH(cho’kmalar ortiqcha NaOH da eriydi)

Al3, Cr3, Cr6, Zn2, As3, As5, Sn2, Sn4

IV

NaOH(cho’kmalar ortiqcha NaOH da erimaydi)

Mn2, Mg2, Bi3, Fe2, Fe3, Sb (III) va (V)

V

NaOH(cho’kmalar ortiqcha NN4OH da eriydi va komplekslar hosil qiladi)

Su2, Co2, Ni2, Hg2, Cd2

VI

Guruh reagenti yo’q

K, Na, NH4, Li, . . .

Sifat analizida kislota-asosli usul ham qo’llaniladi. Bu usul bo’yicha klassifikatsiyalashda kationlar 6 ta analitik guruhga bo’linadi.

  1. I-guruh - Ag, Hg22, Pb2. Guruh reagenti suyultirilgan HCl.

2. II-guruh-Ba2, Sr2, Ca2. Guruh reagenti suyultirilgan H2SO4 yoki SO4-2
ioni. Bu guruh kationlarining hammasi SO4-2 bilan cho’kma hosil
qiladi.
3. III-guruh- Al3, Cr3, Cr6, Zn2, As3, As5, Sn2, Sn4. Guruh reagenti
ishqor eritmalari. Hosil bo’lgan cho’kmalar ortiqcha ishqorda eriydi.

  1. IV-guruh- Mn2, Mg2, Bi3, Fe2, Fe3, Sb(III),(V). Guruh reagenti ishqor eritmalari. Hosil bo’lgan cho’kmalar III-guruh kationlaridan farqli ravishda ortiqcha ishqorda erimaydi.

  2. V-guruh- Su2, Co2, Ni2, Hg2, Cd2. Guruh reagenti ishqor eritmalari. Hosil bo’lgan cho’kmalar ortiqcha miqdor NH4OH da eriydi va kompleks birikmalar hosil qiladi.

  3. VI-guruh- K, Na, NH4. Guruh reagenti yo’q.


Anionlar klassifikatsiyasi


Anionlar klassifikatsiyasi suvda erimaydigan cho’kmalar hosil qiladigan bariy va kumush tuzlari hosil qilish yotadi.
Ammo bu klassifikatsiya qat’iy klassifikatsiya emas. chunki turli avtorlar anionlarni turlicha klassifikatsiyalaydilar, masalan, Tananaev N. A. quyidagicha guruhlarga bo’ladi:
I-guruhga-oksidlovchi anionlar (MnO4-, CrO4-2, NO3-, MnO4-, NO2-, AsO4-3, [Fe(CN)6]-3 va boshqalar)
II-guruhga-qaytaruvchi anionlar (Cl-, Br-, I-, S-2, SO3-2, S2O3-2, CNS-, AsO3-3, [Fe(CN)6]-4, C2O4-2 va boshqalar)
III-guruhga-indifferent anionlar (SO4-2, PO4-3, B4O7-2, SiO3-2, CO3-2, F-, CH3COO- va boshqalar) kiradi.
Kationlarga qarama qarshi o’laroq, anionlar ko’pincha bir-biridan ajratiladigan reaktsiyalardan ahyon-ahyonda foydalaniladi. Anionlar ko’pincha eritmani bo’lib-bo’lib analiz qilish usuli bilan topiladi. Bunda guruh reagentlari guruhlarni bir-biridan ajratish uchun emas, balki bor-yo’qligini bilish uchun foydalaniladi.

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling