Ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti analitikkim yo fanidan zamonaviy pedagogik tehnalogiyalar asosida tayyorlangan


Analitik kimyoning tarixiy taraqqiyoti


Download 2.92 Mb.
bet9/86
Sana02.06.2024
Hajmi2.92 Mb.
#1836587
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-A N A L I T I K K I M YO

Analitik kimyoning tarixiy taraqqiyoti
Ilm-fanning rivojlanish tarixida analitik kimyo fani uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Ayrim kimyoviy analizlar juda qadim zamonlardan ham ma’lum edi. Masalan, o’sha davrda rudalardan metallar ajratib olinardi, qotishmalar hosil qilinardi, shisha pishirilardi, o’simliklardan dorivor moddalar, bo’yoqlar, xushbo’y moddalar ajratib olinardi. Ayniqsa madaniyat o’chog’i bo’lgan Misrda kimyoviy analizning elementlari keng rivojlangan edi. Chunki insoniyat doimo o’zini o’rab turgan butun olamni, shuningdek, bundagi mavjudodlarni bilib olish va ularni o’z maqsadlari uchun qo’llashga intilib keladi. Dastlabki vaqtlarda sifat analizi ba’zi tabiiy birikmalarni xususiyatlariga qarab aniqlashdan iborat bo’lgan edi. Miqdoriy analiz esa avval tekshirish san’ati deb ataluvchi shaklda paydo bo’ldi, bu yo’l bilan oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarning tozaligi (probasi) aniqlanardi. Bu usullar umuman olganda, ana shu metallarni ishlab chiqarishda boradigan asosiy jarayonlarni takrorlashdan iborat edi.
Analitik kimyo fan sifatida XVII aspning o’rtalaridan boshlab, Robert Boyl fanga (1627-1691) murakkab moddalarning kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan tarkibiy qismi - kimyoviy element haqidagi tushunchani kiritgandan keyin rivojlana boshladi. U o’zigacha ma’lum bo’lgan sifat reaktsiyalarining hammasini tartibga soldi va o’zi bir necha reaktsiyalarni tavsiya qilib, «ho’l usul» bilan qilinadigan analizga asos soldi. Jumladan u birinchi marta kislota va asoslarni aniqlashda «indikator» sifatida ishlatiladigan «lakmus» va o’simliklardan olinadigan ba’zi bo’yoqlardan foydalandi. Robert Boyl fanga «kimyoviy analiz», «element» kabi terminlarni ham kiritgan edi. U HCl ni aniqlash uchun AgNO3, mis tuzlarini aniqlash uchun esa ortiqcha miqdorda ammiak ishlatdi va hokazo.
XVIII asrda eritmalardan metallarni (kationlarni) guruhlari bilan ajratish usuli T.Bergman (1735-1784) tomonidan joriy qilindi. Bu esa sifat analizi taraqqiyotida katta o’zgarish bo’ldi, chunki bu bilan analitik kimyoda sistemali analiz qilish usuliga asos solingan edi.
Sifat analizining boshqa metodi, chunonchi mikrokristalloskopik analiz XVIII asrda Rossiyada M.V.Lomonosov (1711-1765) va ayniqsa T.E.Lovits (1757-1804) ning ilmiy ishlari tufayli vujudga keldi. Lovits adsorbtsiya hodisasini ham ochdi. Lomonosov 1744 yilda birinchi bo’lib sifat analizida mikroskop qo’lladi va kristallarning shakliga qarab analiz qilinayotgan modda tarkibi haqida xulosa chiqardi. Lomonosov o’z ishlarida filtrlash, cho’ktirish, quritish va cho’kmalarni tortish ishlarini bajardi. Lomonosov analitik kimyoni taraqqiy qildira borib, 1756 yilda modda massasining saqlanish qonunini isbotladi.
Lavuaze (1743-1794) kislorod analizi asosida kislorod bilan yonish nazariyasini ishlab chiqdi va elementlarning miqdoriy nisbatlari bo’yicha bir necha kimyoviy analiz seriyasini, murakkab anorganik moddalarda ishlab chiqdi. Shu asosida organik moddalarning element analizi asoslarini yaratdi. U birinchi bo’lib havo va suvning miqdoriy tarkibini aniqladi.
V.M.Severgin (1765-1826) qator yangi reaktsiyalar ochdi. Shu bilan birga kolorimetrik analizni ishlab chiqdi. U mineral va rudalar analiziga asoslangan birinchi monografiyaning avtoridir.
Frantsuz fizigi Gey-Lyussak (1778-1850) hajmiy (titrimetrik) analizni ishlib chiqdi. Nemis olimi Bunzen R. (1811-1899) gaz analiziga asos soldi va u Kirxgof bilan birgalikda fizik analiz metodlaridan-sifat spektral analizini ishlab chiqdi.
Shvetsiyalik olim VepHer (1866-1919) koordinatsion nazariyani yaratdi va u asosida kompleks birikmalarning tuzilishi o’rgandi.
Rus kimyogarlaridan N.A.Menshutkin (1847-1907) birinchi bo’lib element ionlarining analitik sinflanishini ularning davriy sistemadagi o’pHi bilan bog’lash zarurligi haqidagi masalani qo’ydi. U birinchi bo’lib sifat va miqdoriy analizga doir qo’llanma yozdi (1871) va analitik kimyo o’qitish uslubini ishlab chiqdi.
Rus kimyogari Flavitskiy (1848-1917) ionlarni aniqlashda reaktsiyalarni «quruq» usulda o’tkazishni ishlab chiqdi. V.Osvald (1853-1932) massalar ta’siri qonunini analitik reaktsiyalarni nazariy asoslash uchun qo’lladi.
V.Nephst (1864-1941) elektr yurituvchi kuchni va galvanik element nazariyasini yaratib elektrokimyoviy analizga asos soldi.
Miqdoriy analiz usullaridan foydalanish XIX aspHing boshlarida stexiometrik qonunlar (tarkibning doimiyligi va karrali nisbatlar) ning kashf etilishiga olib keldi. Ingliz kimyogari D.Dalton (1766-1844) kimyoda atom nazariyasini uzil-kesil hal qildi. Bu nazariyaning kiritilishi miqdoriy analizning keyingi rivojlanishini tezlashtirdi, chunki elementlar atom og’irliklarini imkoni boricha to’g’ri aniqlash zarurati tug’ilgan edi. Bu sohada shved kimyogari I.Bertselius (1779-1848) ning xizmati juda katta bo’lib, u 45 ta elementning atom og’irligini juda aniq (o’sha vaqt uchun) topdi, miqdoriy analizning ko’pgina yangi usullarini ishlab chiqdi va mavjud usullarni takomillashtirdi. U organik birikmalarning elementar analizi usulini ham ishlab chiqdi. Keyinchalik bu usulni Yu.Libix (1803-1873) va boshqa olimlar takomillashtirdi.. Kimyoviy analizga organik reagentlarni birinchi marta M.A.Ilinskiy (1856-1951) va L.A.Chuguev (1873-1922) lar qo’lladilar. Bu sohada 1905 yilda dimetilglioksim ta’sirida NiQ2 ioni analiziga qo’llab, nikkel ioni dimetilglioksim bilan hosil qilgan ichki kompleks birikmasini olishga muvaffaq bo’lishdi. Ichki kompleks birikmalar haqidagi muammo analitik kimyoda hozir ham eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Tomchi metodini N.A.Tananaev (1878-1959) ishlab chiqdi va eritmani bo’lib-bo’lib analiz qilib ionlarni topishda undan foydalandi. Demak, bir-biriga yaqin fanlarning muvaffaqiyatlari va ulardan ham ko’ra ishlab chiqarish talablari analitik kimyoning rivojlanishini ko’proq tezlashtirdi. Turli sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ishlab chiqarishni kimyoviy nazorat qilish, ya’ni boshlang’ich xom ashyo, yarimmahsulot va tayyor mahsulot tarkibini aniqlash usullarini takomillashtirishni talab qildi. Ishlab chiqarishning mana shunday ehtiyojlari-analitik kimyoning fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishida hal etuvchi rol o’ynadi.

Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling