Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiyausullari Zamonaviy modemlarda ishlatiladigan modulyatsiyalarga tushuncha berishdan oldin modulyatsiya, demodulyatsiya va manipulyatsiya usullari to‗g‗risida to‗xtalib o‗tsak. Modulyatsiya jarayoni deb - axborot signalini liniyada uzatishga mo‗ljallangan signalga o‗zgartirish tushuniladi. Oddiy holda signal modulyatsiyasi uchun tashuvchi deb nomlanuvchi maxsus belgilangan chastotadagi yuqori chastotali signaldan foydalaniladi. Modulyatsiyalangan signalning qayta o‗zgarishi demodulyatsiya deb ataladi. Diskret modulyatsiya natijasida diskret xabar i simvollariga ma‘lum kodlash usulidan foydalangan holda tegishli kodlar kombinatsiyalari biriktiriladi. Odatda bu kodlar kombinatsiyalari ―1‖ va ―0‖ ikkilik (M 2) elementar signallardan iborat bo‗ladi. Bu elementar signallar yuqori chastotali tashuvchini modulyatsiyalaydi. Modulyatsiya tashuvchining modulyatsiyalangan parametri ko‗p hollarda modulyatsiyalovchi signaldagi bir-biridan farqlanuvchi elementar signallarga mos ravishda ikkilik aloqa tizimlari S1(t) va S2 (t) yoki ko‗p asosli (M 2) bo‗lganda S1 (t) , S2 (t) , ... , Sm (t) ta turli ko‗rinishlarni oladi. Modulyatsiya natijasida modulyatsiyalangan signal modulyatsiyalovchi cheklangan sonli signallardan biriga mos keluvchi ko‗rinishni olgani uchun, diskret modulyatsiyalangan signallarni manipulyatsiyalangan signallar deb ham ataladi. Odatda diskret modulyatsiyalangan signallarni shakllantirishda tashuvchi sifatida yuqori chastotali garmonik signallardan foydalaniladi: uT (t) A0 sin0t 0 , va uning amplitudasi A0 , chastotasi 0 va fazasi 0 ni diskret signallarga mos ravishda o‗zgartirib AM, ChM va FM signallarni olish mumkin. Modulyatsiyani amalga oshiruvchi qurilma modulyator, manipulyator yoki signal generatori deb ataladi. ―1‖ va ―0‖ elementar simvollar ketma-ketligiga mos ravishda manipulyatsiyalangan AM, ChM, FM va NFM signallar vaqt diagrammalari 5.11-rasmda keltirilgan. Amplitudasi diskret modulyatsiyalangan signal (5.11a-rasm)da ―1‖ simvoli davomiyligi 0 ga teng bo‗lgan impulsni uzatish orqali, ―0‖ simvoli esa impuls uzatilmasdan amalga oshiriladi. Chastota manipulyatsiyasida ―1‖ ni uzatish chastotasi f1 va ―0‖ ni uzatish chastotasi f2 bo‗lgan tashuvchini 0 vaqt davomida uzatish orqali amalga oshiriladi. Oddiy fazasi manipulyatsiyalangan signallarda yuqori chastotali tashuvchisi fazasi har gal ―1‖ simvoli ―0‖ ga almashganda va ―0‖ simvoli ―1‖ ga almashganda 180 0 ( ) ga o‗zgaradi. FM signallarni qabul qilishdagi ba‘zi muammolardan holi bo‗lish uchun, hozirda asosan fazasi nisbiy modulyatsiyalangan (NFM) signallardan foydalaniladi. Bunda oddiy FMdan farqli NFM signal tashuvchi fazasi ―1‖ simvoli uzatilganda 1800 ga o‗zgaradi, ―0‖ simvoli uzatilganda tashuvchi fazasi o‗zgarmas saqlanadi. NFM signalda fazaning o‗zgarishi avvalgi simvolga (―1‖ yoki ―0‖) nisbatan bo‗ladi. Bu usuldan ChM, AMlarda ham foydalanib nisbiy ChM (NChM) va nisbiy AM (NAM) signallarni shakllantirish mumkin. Delta modulyatsiyani ham nisbiy modulyatsiyalangan signal deb hisoblash mumkin. 5.11-rasm. Manipulyatsiyalangan AM, ChM, FM va NFM signallar vaqt diagrammalari Raqamli aloqa tizimlarida (radiotelemetriya, radioboshqaruv va boshqalar) birlamchi axborot tashuvchi sifatida impulslar ketma-ketligidan ham foydalaniladi. Bu impulslar ketma-ketligi quyidagi asosiy parametrlarga ega: impuls amplitudasi, takrorlanish chastotasi, impuls davomiyligi. Ushbu parametrlarning birortasini uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‗zgartirish natijasida impulslarni modulyatsiyalash amalga oshiriladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling