Ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaka metodining xarakterli belgilari
Musobaka metodi musobakalashish, kuch sinashishning ko‘pgina xarakterli belgilarini, alomatlarini o‘zida aks ettirib, kuch sinashish (musobaka) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning aloxi da o‘quvchilarga stimul beruvchi bir shaklaridandir. Musobaka - musabaka metodining nisbatan aniq farklanib turgan ifodasi sanaladi. Shuning uchun ham musobaka metodi har qanday jismoniy mashqni musobaka predmeti qilib, mashg‘ulotlarda keng shaklda qo‘llanishi mumkin. Masa lan: jismoniy tarbiya darsining boshlanishidan oldingi o‘quvchilar saflanishidan tortib to o‘quvchilar zaldan chikib ketgunlaricha, musobaka metodini qo‘llash undan foydalanish mumkin. Kayd kilinganidek, bu metod o‘yin metodi bilan umumiy ekani e’ti borga molik. Birok ularning bir-biridan prinsipial farki bor. Bu fark shundan iboratki o‘yin metodida o‘qitish syujetli xarakterda olib bo riladi. Musobaka metodida bu holat yo‘q bo‘lib, harakat faoliyatini bajarish jarayoni to‘laligicha uning mazmuniga buysundirilgan bo‘ladi. Musobaka metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan muvofik bo‘ladi. Bunday vazifalar o‘quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi faktorlar bo‘lib, ularning tayyorgarligini baholashning va takkoslashning ulchovidir. 2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psihologik kuvvatni maksimal namoyon qilish. Musobakalashish metodi natijasida organizmning funksional imkoniyatlarini to‘la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O‘quvchilarning uzlari uchun belgilangan yuklamalarini boshqarish imkoniyatlarining chegralanganligi. O‘z nabatida, bu metod o‘quvchilardan harakat faoliyatini bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda o‘ziga xos mustakillik talab qiladi. Shuningdek, musobaka metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda samaralirokdir, lekin ular bir lamchi o‘zlashtirishda ku tilgan samarani bermasligi mumkin. Musobaka metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaka metodi pedagogik nuqtai nazaridan o‘quvchilar galabasi va maglubiyatiga turgun psihologik tayyorgarlikni tarbiyalashga yo‘nalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o‘zini oklaydi, boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to‘la namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi ham mumkin. Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi: -Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish. -Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi). Shug‘ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg‘ulot joylarida gruppalarni to‘zish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir: 1) bo‘lingan - konstruktiv mashq /mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish/: 2) butunlay mashq metodi /vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish. Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o‘rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi. Butunlay mashq metodi shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - soddalashtiriladi. Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlar oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ob’ektlar va jarayonlarning namunaviy modellari va ularni tadqiqot qilish metodikalarini o‘rganish mavzusida kurs ishini yozar ekanmiz bunda kurs ishini mazmun mohiyati eng avvolo Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti nima ekanligi va shu bilan birgalikda tadqiqot Tadqiqot maqsadi va vazifalarini oldindan belgilash kabi vazifalar yotadi. Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad va vazifalar to‘g‘ri tashkillashtirilsa nafaqat kurs ishi balki boshqa ilmiy ishlar (bitiruv malkaviy ish, magisterlik dessertatsiya) ham to‘g‘ri va samarali ish olib boriladi, hamda ilmiy ish yakunida aniq yechim va natija o‘z isbotini topadi. Kurs ishini yozishda birinchi bobda quydagi mavzularga to‘xtaldik Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti, Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash, Tadqiqot usullariga qo‘yiladigan umumiy talablar hususida mavzuni muayyan tarzda yoritdik, kurs ishining ikkinchi bobida jismoniy tarbiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot metodlari va jismoniy tarbiya darslarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari haqida to‘loqonli yoritilib o‘tildi shu bilan birgalikda bu metodlar bolalar hayotida tutgan o‘rni haqida ham malumotlar berildi. Kurs ishini yozishda ko‘plab adabiyotlar va huquqiy me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqib umumiy ma’lumotlar bayon qilindi. Shunday ekan har qanday ilmiy ish qilashda albatta ishning maqsad va vazifalarini birinchi o‘rinda belgilab olish kerak. Biz kurs ishimizda ma’lum maqsad va vazifa belgilagan holda shu maqsad vazifadan kelib chiqib, Mavzu doirasida usul va uslubiyotdan foydalanildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling