Talim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh
- O’quv darsining maqsadi
- O’qitish xarakatining natijasi
- O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talaba
- III bosqich Yakuniy qism (10 min )
- 4-ilova 5-ilova
- 6-ilova
- Savollar
- Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni.
- Qoraqalpog’iston Respublikasi
- Geografik o’rni va tabiiy boyliklari
Surxondare viloyati Surxondare viloyati respublikaning janubida joylashgan. U shimoli-sharkida Tojikiston respublikasi, shimoli-garbda Kashkadare viloyati garbda Turkmaniston respublikasi, janubda Amudare orkali Afgoniston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 159 20,8ming km. Kv bulib, respublika xududining 4,7%ini tashkil kiladi. axolisi 1,3 mln kishi. iktisodiy rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertangi sabzovot, kumir, neft, gaz, tuz uazib chikarishga ixtisoslashgan. iktisodiy rayonining geografik urni iktisodiy aloqalar kilish uchun kulay. İktisodiy rayon xududi uncha katta bulmasada, lekin uning tabiiy resurslari uziga xos xususiyatga ega. U 3 tomondan toglar bilan uralgan. Shimolda Xisor, shimoli-garbda Boysun va Kuxitang, sharkda Bobotog massivlari bilan uralgan. iklimi subtropik bulib, yillik xarorati 17Odan yukori. Kishi ilik. Termiz shaxrida Q30, Sherobodda Q3,60 ga teng. İyul oyining urtacha xarorati Termizda Q310, Sherobodda Q320 dan ortik. Sovuqsiz kunlar 236- 247 kunga teng. İjobiy xaroratlar yigindisi 480-5900 ga teng. İktisodiy rayonda eg’ingg’archilik kam tushadi. Tekislik kismida 150mm, togli rayonlarda 600 mm egin tushadi. Tekislikda obikor dehkonchilik adirlarda lalmikor dehkonchilik, toglarda chorvachilik uchun kulay. Kazilma boyliklari xilma-xil. Amudare, Uchkizil, Kukayti lalmikor neft kazib olinadi. Neftga gaz,oltingugurt va meniral suvlari yuldosh bulib chikadi. Yirik kumir konlari Boysun va sharg’un kumir konlari xisoblanadi. Xujaikonda tosh tuzi balandligi 170 m ga etadi. qurilish materiallariga boy. axoli zichligi 1 km kv 64 kishi tugri keladi. Surxon-Sherobod vodiysida 1km kv ga 50-100 kishi tugri keladi. Urbanizatsiya darajasi ancha past. axolining 1/5 kismi shaxarlarda yashaydi. Respublika mehnat taqsimoti Surxondare iktisodiy rayoni uzining intensiv kishlok xujaligi bilan ajralib turadi. İktisodiy rayon qissasiga respublika kishlok xujaligida foydalaniladigan erlarning 4,5 %i, haydalaniladigan erlarining 7%i. Yaylov va utloqlarining 3,9%i tugri keladi. İktisodiy rayon respublika paxtasining 10%i, shu jumladan ingichka tolalt paxtaning 75%ga yaqini pillachilik 3%ni beradi. Echkilarning 10,5%, koramollarning 8,9% shu iktisodiy rayonga tugri keladi. İktisodiy rayon subtropik mevalar -anjir, anor,pista, uzum va tsitrus mevalari-shakarkamish va xurma etishtiradi. Surxondare iktisodiy rayoning kishlok xujalitgida etakchi tarmoki paxtachilikdir. İnkilobdan keyingi yillardaekin ekiladi gan erlar maydoni 3 marotaba ortdi. Sug’orishga yarokli erlar 272ming gektar er bulib, uning 23O ming gektari sug’orilmokda. Sherobod massivida suv taminotida bir qancha kanallar mavjud. Qumkurkon, Katta Xisor, Sherobod, Amu-zanj mashina kanallari, Uchuizil, Janubiy Surxon aktlari ishga tushirildi. Surxondare respublikaning ingichka tolali paxta etishtiradigan asosiy viloyatidir. Gagarin, Jarkurkon, Angor, qumkurkon, Termiz va Sherobod rayonlari ingichkai tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan. İktisodiy rayon subtropik mevalar bilan mashqurdir. Unda anorning 90 dan ortik navi bor, bular ichida dashtnavvot navi sershiradir. Respublikada etishtiriladigan xurmoning kupini Surxondare iktisodiy rayoni beradi. Denov agrosanoat birlashmasi xurmo limon, anor etishtirishga ixtisosashgan. Surxondareda yil buyi sabzavot etishtirish mumkin. Bu erda ertangi, kechki karam ekiladi. Adir mintakasida tog olodi erlarida lalmikor bugdoy, arpa dare buylarida sholi, sugoriladigan erlarda bugdoy, arpa va makkajuxori etishtiriladi. İktisodiy rayonda chorvachilik muxim axamiyatga ega. Chullarda korakul kuylar, adir-tog etaklarida mashxur Xisor kuylari bokiladi. Obikor erlarda va ser ut adir tog yaylovlarida koramollar bokiladi. Surxondare xududiy ishlab chikarish majmuining muqim tarmoki sanoatdir. Sanoat, avvalo paxtachilik, meniral resurslar va kishlok xujalik xom ashesiga boglik xolda rivojlanmokda. İktisodiy rayonda og’ir sanoat tarmoklaridan ekilgi sanoati muxim rol uynaydi.Shargun konida yiliga 200 ming t yukori kalloriyali kumir kazib olinmokda. Bu respublikada kazib olinadigan kumirning 7%ini tashkil kiladi. Amudare, Uchkizil, Kukayti va Lalmikor konlaridan neft olinmokda. Lalmikor gaz koni Jarkurkon. Kumkurkon shaxarlariga gaz etkazib bermokda. İktisodiy rayonda yiliga 3,5 mln kvt soat elektr kuvvati xosil kilinadi.Bir necha issiklik va suv elektr stantsiyalari kurilgan, ularning eng kattasi Termiz issiklik elektr stantsiyasidir. İktisodiy rayon extieji uchun zarur asosiy kuvvat Urta Osie energetika tizi midan, yani kushni Tojikiston respublikasidan oladi. Denov mashina tuzatish zavodi kishlok xujalik mashinalari va traktorlarini remont kilishga bulgan extiejini tula kondira olmaydi. Termizda teplovoz vagon tuzatish ustaxonasi bor. İktisodiy rayonda temir beton kismlar, keramzit, gisht, gips, oxak va boshkalar ishlab chikarilmokda. İktisodiy rayon sanoatining etakchi tarmoki paxtani va boshka kishlok xujalik xom ashesini kayta ishlaydigan 160 engil va ozik - ovkat sanoatidan iborat. Paxta tozalash zavodlari Termiz, Denov, Sherobod, Uzun, Shurchi, Jarkurkon, ....... va boshka erlarda joylashgan. Boysunda shoyi tuqish fabrikasi bor. Shurchida pillakashlik fabrkasi kurilgan. Denov yirik yog’ ekstraktsiya zavodi, Termizda gusht kombinati kurilgan. Denovda sharob zavodi,Shurchida elevator un kombinati bor. Yuk oboroti jixatidan temir yul etakchi urinda turadi. Viloyatda dastlab 1915 yilda Amudaredan Termizgacha kurildi. U 1926 yil 193O yillarda Dushanbegacha etkazildi. 1974 yilda Termiz temir yuli orkali Kurgontepa bilan boglandi. Boldirdan Xujaikon tuz konigacha temir yul koni kuril-di. Shurchidan Bandixon glmoya koniga, Boysun kumir koniga temir yulTermizni Toshkent va Dushanbe bilan boglaydi. İktisodiy rayonida kuvur transporti rivojlana boshladi. Turkmaniston respublikasi janubida Dushanbe shaxrigacha kurilgan magistral gaz kuvuri. Uning bir kancha shaxar va kishloklariga gaz etkazib bermokda. Termiz-Surxondare viloyatining markazi, respublika janubida joylashgan shaxar. 86,7 ming axoli yashaydi. Unda issiklik elektr stantsiyasi, paxta tozalash, temir beton konstruktsiya zavodlari, sut, gusht va non kombinatlari, gilam fabrikasi mavjud. Denov(48,2ming) -iktisodiy rayonda ikkinchi muxim sanoat tuguni. Unda paxtachilik va subtropik mevachilikka asoslangan agrosanoat birlashmasi, sharob-peva,motor-tuzatish, gisht, paxta,tozalash,eg-moy zavodlari, sut,non va boshka ishlab chikaradigan korxonalar ishlab turibdi. 15-sonli maruza MAVZUSİ: QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI Guruh 3b-kurs geografiya O’qitish vaqti: 2 soat Talabalar soni: 14 O’qitish darsining strukturasi Maruza, savol-javob, diskussiya Maruzaning rejasi: 1. Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni geografik jaylashgan o’rni va tabiiy sharoiti, tabiiy resurslariga tarif 2. Rayon aholisi va mehnat resurslari 3. Xalq xo’jalik tarmoqlari a) Sanoati v) Qishloq hojaligi s) Transport tarmoqlari 4. İqtisodiy rayon tarkibiga tarif O’quv darsining maqsadi: İqtisodiy rayonning geografik joylashgan o’rni, tabiiy resurslari, xo’jalik tarmoqlari, transport iva aholisini iqtisodiy-geografik o’rganish. Pedagogik masalalari: 1. İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini o’rganish. 2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilish. 3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlash 4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif berish 5. Rayondagi xozirgi kundagi ekologik inqiroz xolatini baholash O’qitish xarakatining natijasi: 1.1. İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan mavqei, maydoni, chegaralari aniqllaydi 1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini taxlil qiladi. 2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilib, diagrammalar tuzishadi 3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini aniqlashadi 4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif beradi. 5. İqtisodiy rayonda turizimni rivojlantirish masalalrini o’rganish O’qitish uslublari Maruza, vizual, tushintirish, suxbatlashish, diskussiya, slaydlar 161 O’qitish ishini tashkillashtirish shakllari Frontal, guruxlarga ajratish O’qitish qurollari Tarqatma materiallar, iqtisodiy va tabiiy xarita, plakat, qalam O’qitish sharoitlari Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar Monitoring va baxolash Tezda sorash, testlar O’quv darsining texnologik xaritasi İshning mazmuni Bosqichlar, Ajiratilgan vaqt O’qituvchi Talaba I bosqich. O’qitish jarayoniga kirish (10 min) 1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga qarab o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat tartibini aytib o’tadi. 1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi Tinglaydi, yozadi Aniqlashtiradi, savollar beradi. II bosqich Asosiy bo’lim (60 min) 2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va xususiyatlari bilan tanishtiradi. 2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali bilmlarini faollashtiradi (ilova) 2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (ilova). Javob beradi, Yozadi Guruxlarda ishlashadi III bosqich Yakuniy qism (10 min ) 3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning diqqatini Asosiy masalalarga jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib beradi. 3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan tanishtiradi. o’zini-o’zi, o’zaro baholaydi, savollar beradi, topshiriqlarini yozadi 1-ilova Mavzu: Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni Reja: 1. Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni geografik jaylashgan o’rni va tabiiy sharoiti, tabiiy resurslariga tarif 2. Rayon aholisi va mehnat resurslari 3. Xalq xo’jalik tarmoqlari a) Sanoati b) Qishloq hojaligi v) Transport tarmoqlari 4. İqtisodiy rayon tarkibiga tarif 2-ilova Quyi Amudaryo mintaqasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Uning maydoni 172,6 ming km 2 bo’lib, bu borada respublikamizdagi eng katta 162 mintaqadir. Aholisi 01.01.2009 malumotlariga ko’ra, 3146,5 ming kishi, zichlik 1km 2 ga 18,2 kishiga teng. Mintaqa o’z nomiga mos ravishda Amudaryoning Quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Mazkur o’lka O’zbekistonning shimoli-g’arbida Qoraqum va Qizilqum cho’llari oralig’ida joylashgan. O’lkaning er yuzasi yassi tekisliklardan iborat. Quyi Amudaryo O’zbekistonning shimoli-g’arbida joylashganligi sababli qishi sovuq, yozi esa issiq va quruq bo’ladi. 3-ilova Mintaqa Qoraqalpog’iston Respubli-kasi hamda Xorazm viloyatidan tarkib topadi. Maydoni bo’yicha O’zbekiston hududida ajratilgan 6 ta asosiy iqtisodiy rayonning (Soliev, 1998) eng yirigi hisoblanadi. Uning maydoni 172,6 ming kv. km. yoki respublika hududining 38,4 foizini ishg’ol qiladi. Ammo mintaqaning deografik sig’imi uncha katta emas – bu erda 3060,5 ming kishi yashaydi (jami mamlakat aholisining atigi 11,5 foizi, 2007 yil). 4-ilova 5-ilova Hozirgi kunda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni katta ishlab chiqarish salohiyatiga ega emas: uning h’issasiga O’zbekistonda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 6,3 foizi, sanoat mahsulotining 9,9 foizi to’g’ri keladi (taqqoslash uchun: rayonning mamlakat aholisidagi hissasi 11,5 foizga teng). İqtisodiy rayon, umuman olganda, malum darajada o’zining mineral xom – ashyo va mehnat salohiyatiga ega. Biroq, bu imkoniyatlar ichki jihatdan uning turli qismlarida bir xil emas. Eng avvalo mintaqaning ikki, bir – biridan katta farqlanuvchi hududlaridan iborat ekanligini takidlash joiz. Mintaqaning geografik jihatdan uzoqdaligi va, binobarin, transport harajatlarining ko’pligi uning: İqtisodiy va ijtimoiy sohalarning mumkin qadar kompleks tashkil etilishini, uzoqda joylashganlik esa ma’lum manoda iqtisodiy jihatdan mustaqil rivojlanishini; Respublika mehnat taqsimoti doirasida bozorga mo’ljallangan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini; Mamlakatimiz uchun muhim, noyob va strategik ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarning rivojlanishini taqozo etadi. 163 6-ilova 7-ilova 1-sonli amaliy ish 8-ilova Adabiyotlar 1. Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik shartini va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 2. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 3. Ahmedov E.-O’zbekiston Respublikasi (o’zbek, ingliz tillarida), T., “O’zbekiston”, 1998. 4. Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent 2003. 5. A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) Buxoro 2008 6. Soliev A., Qurbonov Sh. «Quyi amudaryo mintaqasining iqtisodiy geografik muammolari» ilmiy maqolasi Qoraqalpog’iston Respublikasi tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosan tog’ – kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, chorvachilik va polizchilik uchun qulayroq. Xorazm viloyati esa halqaro turizm, yengil va oziq-ovqat sanoati, paxta va sholi etishtirish uchun qulay imkoniyatlarga ega. Qoraqalpog’iston Xorazm viloyatidan ozining qazilma boyliklari, xususan tog’ – kon, kimyo xom ashyosi hamda kelajakda aniqlanishi kutilayotgan neft – gaz konlariga boy va bu imkoniyatlar uning iqtisodiy rivojlanishining muhim omili bo’lib xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Qurilishi tugatilgan Qo’ng’irot soda zavodi, Ustyurt platosida olib borilayotgan geologik qidiruv ishlar, Chimboy – Taxtako’pir hududidagi turli xil tuz konlaridan foydalanish, transport va ijtimoiy infratuzilma tizimini yaratish bu borada katta ahamiyatga ega bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi mamuriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlaridan iborat. Xorazm viloyatida “iqtisodiy zichlik” ham ancha yuqori. Masalan, uning hissasi respublika umumiy maydonining 1,3 foizga teng bo’lgan holda, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3,6, shu jumladan qishloq xojalik mahsulotining 6,5 foizi shu h’ududda yaratiladi. Aytish mumkinki, bu erda intensiv darajada rivojlanayotgan agroiqtisodiyot majmuasi mavjud. Hozirgi kunda mamlakatimizda 1600 dan ortiq arxitektura va 2586 ta arxeologik yodgorliklar ro’yxatga olingan. Ularning ko’pchilik qismi Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan. Masalan, “Ochiq osmon ostidagi muzey – shahar” nomi bilan mashhur Xiva shahri, Xorazmning qadimiy poytaxtlari: Qiyot, Qo’yqirilgan-qala, Katqala, Tuproqqala, Sulton Uvays-bobo ziyoratgohi, Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari borki, ular har qanday sayyohni qiziqtirmasdan qo’ymaydi. 164 Savollar 1. İqtisodiy rayon geografik joylashgan o’rniga iqtisodiy-geografik tarif bering 2. İqtisodiy rayon tabiiy resurslari bilan taminlanish darajasi va ulardan foydalanish buyicha gapirib bering 3. Rayon aholisining o’sishi, milliy va jinsiy tarkibiga tarif bering 4. Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi xaqida gapirib bering 5. Xo’jalik tarmoqlarining joylashishi va rivojlanish xususiyatlari bo’yicha nimalarni bilasiz 6. Transport tarmoqlari bilan taminlanish darajasi 7. İqtisodiy rayondagi xozirgi kundagi ekologik vaziyatga sizning qarashingiz? Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: 1. İktisodiy rayonning geografik urni. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 3. Xalk xujalik tarmoklari 4. Shaxarlari. a) sanoati. b) kishlok xujaligi. v) transporti. Sanoat markazlari va shaxarlari. O’zbekistonning Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni wz tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatini oladi. Ushbu tarkibda uning maydoni 172,7 ming km. 2 yoki respublika hududining 38,4 foiz tashkil etadi. U bu jihatdan O’zbekiston Respublikasining eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi. Rayon aholisi, 20009 yil malumotiga ko’ra, 3129.9 ming kishi bo’lib, bu mamlakat aholisining 11,6foiz teng. Aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km 2 maydonga 17 kishi, umumiy urbanizatsiya darajasi 36,9 foiz. Asosiy rayon hosil qiluvchi omil bo’lib, uning iqtisodiy geografik o’rni xizmat qiladi. Rayon, wz nomiga mos holda, Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismi va O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbiy chekkasida, yaqin va «uzoq» xorij mamlakatlarga chiqish joyida wrnashgan. Quyi Amudaryo rayonining bunday iqtisodiy geografik va geosiyosiy mavqei uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ichki investitsiya makonini yaratish hamda mamlakat iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimida integratsiya (aloqa) qilishiga imkon beradi. İkkinchi rayon hosil qiluvchi omil uning gidrografik birligidir. Ushbu hududning tarixi, hozirgi holati va istiqboli ko’p jihatdan Amudaryoga bog’liq Qadimda bu wlkada sug’orma dehqonchilik madaniyatining rivoj topganligi va u bilan bog’liq fan, savdo kabi sohalarning yuqori darajada taraqqiy etganligi sir emas. Mintaqa iqtisodiyotining hozirgi holati ham aynan ana shu rayon «umurtqasi» -Amudaryoga asoslanadi. Zero, qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanishi, qayta ishlash sanoati eng avvalo mazkur gidrografik omil negizida vujudga kelgan. Ayni vaqtda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning kelajagi, taqdiri ham asosan suv, xususan Orol dengizi muammosi bilan bog’liq Chunki bu rayon dengizning chekinayotgan, antropogen chwllashuv jarayoni avj olayotgan qismida joylashgan. Mamlakat mehnat taqsimotida rayon paxta, sholi, jun, wsimlik yog’i, gilam kabi mahsulotlarni etishtirishda muhim o’ringa ega. Binobarin, bu erda ixtisoslashgan, yani rayon hosil qiluvchi xo’jalik tarmog’i sifatida paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat, engil sanoatning ayrim tarmoqlari xizmat qiladi. Swnggi yillarda mintaqada tog’-kon kimyosi, 165 qurilish materiallari va twqimachilik sanoati rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga rayon xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyati ham mavjud. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ichki jihatdan O’zbekistonning ikki, bir-biriga uncha wxshash bwlmagan mamuriy hududiy birliklardan iborat. Masalan. Qoraqalpog’iston Respublikasi wzining maydoni bwyicha qwshni Xorazmdan 26,2 marta katta. Ayni vaqtda ularning aholi soni miqdorida bunday tufovut yo’q Ushbu hududlar wzlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari bilan ham tubdan farq qiladi. Agar Xorazm viloyatida qazilma boyliklar deyarli mavjud bwlmasa, Qoraqalpog’iston bu borada ancha ajralib turadi. Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining demografik, tabiiy geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda iqtisodiyotning wziga xos ywnalishlarini shakllanishiga olib keladi. Ayni vaqtda xuddi shu nowxshashlik ushbu hududning iqtisodiy integratsiyasini, o’zaro hamkorlikda, yagona iqtisodiy makonda rivojlanishini taqozo etadi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbekiston Respublikasi aholisining 1/10 qismidan ko’prog’ini tashkil qilgan holda uning 5.8 foiz yalpi ichki mahsuloti, 2.6 foiz sanoat hamda 9.1. foiz qishloq xo’jaligi mahsulotini beradi. Rayon tarkibida esa Xorazm viloyatining iqtisodiy ko’rsatkichlari nisbatan yuqoriroq Chunonchi, uning hissasiga mintaqa sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmining 60-70 foiz to’g’ri keladi, vaholanki viloyatning hududiy va demografik salohiyati Qoraqalpog’istonga ko’ra ancha kamroq Ayni vaqtda Qoraqalpog’istonda umumiy ekin maydoni, investitsiya hajmi va tashqi savdo oboroti birmuncha ko’proq İqtisodiy rayonning shunga wxshash ichki xususiyatlari uni tashkil etuvchi mamuriy birliklarning tahlilida yanada yaqqol namoyon bwladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Qoraqalpog’iston Respublikasi (QR) O’zbekiston Respublikasi tarkibida suveren davlat sifatida 9 yanvar 1992 yilda elon qilingan. Poytaxti-Nukus shahri. Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumanlari, 10 ta shahar va 15 ta shaharcha kiradi. Uning maydoni 166,6 ming km 2 . Aholisi, 1.01.2009 y. malumotiga ko’ra, 1612.3 ming kishi. Qoraqalpog’iston mintaqa va O’zbekiston Respublikasi ichidagi mehnat taqsimotida asosan dehqonchilik, xususan sholi etishtirish, jun-gwsht chorvachiligi hamda qisman oziq-ovqat va engil sanoatning bazi tarmoqlari bilan ajralib turadi. Geografik o’rni va tabiiy boyliklari. QR O’zbekistonning chekka shimoli-g’arbida, Orol dengizi bwyida joylashgan. Uning O’zR markaziy rayonlaridan ancha olisda wrnashganligi mintaqa iqtisodiy rivojlanish ywnalishiga wz tasirini kwrsatadi. Shu bilan birga QR ning geosiyosiy mavqei, yani Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan qwshnichiligi, O’zbekistonning Evropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratib beradi. Qoraqalpog’iston er usti tuzilishi murakkab emas: eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi bo’lib, u dengiz sathidan 473 m. balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka chwkmalari esa ancha past –30 m. atrofida. QRning /arbiy qismi Ustyurt platosi, qolgan hududi esa Turon pasttekisligi bilan band. Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o’rinda eng avvalo Sultonuvays (Sultonuiztog’) tizmasini kwrsatish joiz. Maydoni uncha katta bwlmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko’p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqirishini tashkil qilish uchun hali mukammal wrganilmagan. Bazilari esa, masalan, Tebinbuloq temir rudasi koni aniqlangan zahiralar kamligi va uning sifat ko’rsatkichlarini yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20foiz ga ham etmaydi) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas. 166 QR tog’-kon kimyosi zahiralariga ham boy; Chimboy yaqinidagi Qwshqonottov va Qwng’irot atrofidagi Borsa-Kelmas hamda Qorawmbet kabi konlarda sulfat-magneziy, tosh va osh tuzlarining juda katta zahiralari mavjud. Qoraqalpog’istonning Ustyurt qismini tabiiy gaz va ayniqsa neft konlariga boy ekanligi bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda Oqsholoq, Shohpaxti, Quvonish konlarida tabiiy gaz qazib olinadi. Kelajakda esa ushbu yoqilg’i turlarining yirik konlarini topilishi kwzda tutilmoqda. Shu maqsadda bu hududga respublika geologik qidiruv ishlariga mwljallangan investitsiya hajmining asosiy qismi ajratilgan. İqlimi wta kontinental; yillik yog’in-sochin miqdori 100-200 mm atrofida. Albatta, mintaqada bu jihatdan qurg’oqchilik keskin sezilib turadi-mumkin bo’lgan parlanish amaldagisidan 9-10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog’iston Respublikasida sug’orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan va uning qishloq xo’jaligini rivojlanishi asosan aynan suv resurslariga bog’liq Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral –xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosani tog’-kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, chorvachilik va polizchilik uchun qulayroq Ayni vaqtda bu erda suv zahiralarining etishmasligidan suv elektr stantsiyalarini qurish, daryo transporti, intensiv sug’orma dehqonchiligi va baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari cheklangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling