Talim vazirligi
Aholisi va mehnat resurslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq tumanlarining aholisi (2008 y)
- Tranport va tashqi iqtisodiy aloqalar.
- Geografik o’rni va tabiiy boyliklari.
- Aholisi va mehnat resurslari.
Aholisi va mehnat resurslari Aholi soni 1989-2009 yillarda 1211 ming kishidan 1612.3 minggga etgan, yoki shu davrda 124.1 foiz ga wsgan (O’zbekiston Respublikasi bwyicha bu ko’rsatkich o’rtacha 123.8 foizga teng) jami aholi sonining 815.4 ming kishi yoki 48.2 foiz shahar joylarda yashaydi. Qolgan qismi 1200 ga yaqin ovul va qishloqlarga to’g’ri keladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida aholi zichligi 1 km 2 atigi 9.7 kishidan iborat. Tabiiyki, bu «o’rtacha» ko’rsatkich Nukus shahri atrofida hamda intensiv dehqonchilik rivojlangan hududlarda ancha yuqori (2-jadvalga qarang). Keyingi yillarda aholi joylashuvida janubga nisbatan «siljish» kuzatilmoqda. Bu asosan Orol bwyi mintaqasidagi noxush ekologik vaziyat tufayli vujudga kelmoqda. Masalan, Muynoq tumanida 1989 yillar 27,4 ming kishi aholi yashagan bo’lsa, 2000 yilda u atigi 1.3 mingga ko’paygan, holos. Vaholanki, Beruniy, Twrtko’l, Amudaryo kabi tumanlarda demografik o’sish ancha yuqori bo’lgan. 167 2-jadval Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq tumanlarining aholisi (2008 y) Har ming kishi Tumanlar Maydoni, ming kv.km Aholisi, ming kishi Zichlik, 1kv.km kishi Tug’ili sh O’lim Tabiiy ko’payis h Amudaryo 1,02 139,1 136,4 26,7 5,2 21,5 Beruniy 3,94 141,3 35,9 25,5 5,3 20,2 Bwzatov 1,98 19,7 9,9 22,8 5,0 17,8 Kegeyli 0,92 58,2 63,3 23,4 5,9 17,5 Mwynoq 37,94 28,7 0,8 23,3 6,9 16,4 Nukus x) 0,97 42,7 44,0 24,8 6,1 18,7 Taxtako’pir 21,12 44,0 2,1 20,6 6,0 14,6 Twrtko’l 7,47 152,1 20,4 24,1 5,2 18,9 Xwjayli 2,33 195,3 83,8 25,6 6,2 19,4 Chimboy 1,43 89,8 6,3 24,7 6,5 18,2 Shumanay 0,64 41,3 64,5 25,3 6,1 19,2 Ellikqala 5,42 111,3 20,5 27,4 5,9 21,5 Qanliko’l 0,73 38,6 52,9 25,7 6,0 19,7 Qorawzak 5,89 43,3 7,4 20,9 5,6 15,3 Qwng’irot 74,49 108,5 1,5 24,6 5,8 18,8 Qoraqalpog’iston Respublikasi 166,59 1612.3 9,0 24,1 5,6 18,5 x) Nukus shahar xokimiyatisiz. Keltirilgan jadvaldan malum bwlishicha, Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi joylashuvi (zichligi) turli tumanlarda har xil. Masalan, eng yuqori ko’rsatkich Amudaryo tumanlarda kuztilsa (136 kishi), uning eng darajasi qwng’irot tumaniga to’g’ri keladi. Ushbu tuman nafaqat Qoraqalpog’istonda, balki, O’zbekiston mamlakatlarida eng katta mamuriy birlik hisoblanadi; Qwng’irot tumani Qoraqalpog’iston maydonining 46foiz, respublika hududining 16,6 foiz ni tashkil qilgan holda bu erda har 1 ming kv. km. ga atigi 1.5 kishi to’g’ri keladi, holos. Jadvalda aholining tabiiy harakati to’g’risida ham malumotlar aks ettirilgan. Chunonchi QR bwyicha tug’ilish 24,1 va wlim 5,6 promilliga teng. Ushbu demografik jarayonlarda hududiy farqlar uncha katta emas: eng yuori tug’ilish koeffitsienti Amudaryo tumanida, wlimning eng past darajasi esa, Bwzatovda qayd qilingan (2000 yil yakunlari bwyicha). Ammo bolalar wlimi ko’rsatkichlarida sezilarli tafovutlar kuzatiladi. Masalan, 1 yoshgacha bo’lgan bolalar wlimi QR bwyicha har ming tug’ilganlarga nisbatan 24,9 ni tashkil qilgan holda, u Chimboy shahrida 49,3, Qorawzak shaharchasida 48,5, Tahtako’pir shaharchasida 51,4 va Shumanay shaharchasida 45,4 kishiga teng. Ekologik vaziyatning noqulayligi sababli aholining migratsiya harakatlari ham bu erda salbiy natijalarga ega. Jumladan, birgina 1998 yilda QR ning shahar joylarida migratsiya qoldig’i yani, kelganlar bilan ketganlar nisbati –3 ming, qishloq joylarda esa, -1750 kishiga barobar bo’lgan. 1997 yilda bu raqamlar, yuqoridagilarga mos holda 3168 va 1729 kishini tashkil qilgan. Jami aholidan 724 ming kishi 15 shahar va 16 shaharchalarda, va 779 ming kishi qishloq joylarda yashaydi. Eng katta shahar-QR poytaxti Nukus bo’lib, unda 207 ming aholi istiqomat qiladi. Xwjayli (69,2 ming), Tahiyatosh (51,5 ming), o’rta shaharlar qatoriga kiradi; Chimboy, Twrtko’l, Beruniy, Mang’it va Qwng’irot shaharldarining har birida 30,50 ming kishidan aholi to’g’ri keladi. qolgan shaharlarda aholi soni bundan kam. Nisbatan katta qishloqlar asosan, qadimdan sug’orilgan hududlarda joylashgan. . Xwjaligi. Mintaqa iqtisodiyoti agrar-industrial ywnalishi bilan tavsiflanadi. Boshqa hududlarida bo’lganidek, bu erda ham bozor islohatlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, jami 168 sanoat mahsulotining 92-94 foiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning 98-99foiz nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. Shuningdek, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qulay investitsiya makonini yaratish, geoekologik holatni sog’lomlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Sanoati. QR sanoati, yalpi ichki mahsulotning 1/3 dan ko’prog’ini beradi. Bu erning sanoat majmuida engil, qurilish mahsulotlari va oziq-ovqat sanoati nisbatan yaxshi rivojlangan. Masalan, engil sanoat QR yalpi mahsulotini 22,4 elektor energetika 16,9, oziq-ovqat 8,2foizni taminlaydi. Shuningdek, un-krupa, omuxta, em sanoati ham rivojlanib bormoqda(1-chizmaga qarang). QR O’zbekiston Respublikasining 4,2 foiz elektor energiyasini, shuncha qurilish sanoati, 4,6 oziq-ovqat, 3,6 engil sanoati, shu jumladan 5,2 foiz paxta tozalash sanoat mahsulotini beradi. Keyingi 10 yilda bu erda yoqilg’i, twqimachilik, shisha va farfor idishlari sanoati boshqalarga ko’ra tezroq rivojlanib borgan. Chunonchi, mustaqillik yillarida Qoraqalpog’istonda Nukus un zavodi 91992 yil), Kateks (1993y), Elteks (1994 y), Xwjayli shisha zavodi (1995 y), wndan ortiq qo’shma korxonalar qurildi. Hozirgi kunda bu erda 92 asosiy sanoat korxonalari mavjud bo’lib, ularda 20 ming kishiga yaqin ishchi band. Ammo umumiy sanoat rivojlanish darrajasi yuqori emas: sanoat ishlab chiqarishning indeksi 0,34 (O’zR-1,00). Har ming aholi sanoatida band bo’lganlar. 13,3 kishi. 200 yil yakkunlariga ko’ra Qoraqolpolg’istonda 3353 mln kVt/s elektr energiyasi, 1,7 mlrd. m 3 tabiiy gaz, 54 ming tonna paxta tolasi, 8,6 mln kv.m ip gazlama, 10.8 ming tonna tozalangan wsimlik yog’i ishlab chiqilgan. QR elektr energetikasi Taxiaton Gresiga asoslangan. Albatta, bu uncha katta bwlmagan issiqlik elektr stantsiyasi Quyi Amudaryo mintaqa iqtisodiyotini jadal rivojlantirish uchun etarli emas. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz kodeksi, tabiiy gaz miqdori ham kelajakda ko’payishi kerak. Swnggi yillarda kimyo sanoati rivojlanishiga katta etibor qaratilmoqda. Masalan, Qwng’irot shahrida mahalliy tuz xom ashyosi asosida O’zbekiston yagona soda zavodi xorijiy mamlakatlar investitsiyasini jalb qilingan holda barpo etilmoqda. Mashinasozlik va wrmon sanoati yaxshi rivojlanmagan. Mashinasozlik ko’proq qishloq xo’jaligi va yo’l qurilishi mashinalari hamda kemalarini tamirlashga ixtisoslashgan. Yani vaqtda qurilish sanoati (ahak, marmar, g’isht ishlab chiqarish) birmuncha yuksalmoqda. Engil sanoati tarkibida twqimachilik va paxta tozalash korxonalarining o’rni katta. Nukus va Ellikqala tumani markazi Bwston shahrida Turkiyaning «Yazek» firmasi bilan hamkorlikda Katteks va Elteks korxonalari barpo etilgan. Shuningdek, Nukusda jun mahsulotlari (O’tov- Kiygiz) ishlab chiqaruvchi kombinat mavjud, paxta etishtiruvchi Beruniy, Twrtko’l, Amudaryo, Ellikqala, Xwjayli va boshqa tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoatida asosan wsimlik yog’i (Xwjayli, Nukus, Qwng’irot, Chimboy, Beruniy), konserva (Mwynoq-Nukus) ishlab chiqarishi tovar ahamiyatiga ega. Don mahsulotlari va emning ko’pchilik qismini «Qorawzak-don» aktsionerlik jamiyati beradi. Un sanoati korxonalari Beruniy, Chimboy, Twrtko’lda joylashgan. Hamasi bo’lib Qoraqolpog’istonda wndan ortiq faoliyat kwrsatayotgan qo’shma korxonalar mavjud. Ammo ularning eksport salohiyati ancha past. Keyingi yillarda «Texnomart» o’zbek-arab QK (fotoxizmat), «Osiyo-vest» O’zbekiston-Germaniya QK(madanli suv va alkogolsiz ichimliklar), «Persey» O’zbek-Rossiya-Litva QK (qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlash va realizatsiya qilish), «Sharq-teks» Qoraqalpoq-İtaliya (paxta va uning chiqindilarini qayta ishlash), «Chimboy-Deri» O’zbek-Turk (qwy va echkilar terisini qayta ishlash, poyafzal ishlab chiqarish) qo’shma korxonalari qurilgan. Shuningdek, dekarativ toshlar (marmar), muzqaymoq ishlab chiqaruvchi «Ays-Jayhun» qroqalpoq-Leksenburg, wsimlik yog’i beruvchi «Turon» O’zbek-Rossiya qo’shma korxonalari ham mavjud. «Kart» QK da paypog’i ishlab chiqariladi. Sanoatning hududiy tarkibi wziga xos: taxminan 1/4 sanoat mahsuloti Nukus shahriga deyarli 20foiz Taxatosh shahriga to’g’ri keladi. Shuningdek, Xwjayli, Qwng’irot, Ellikqala, Chimboy, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham sanoat ishlab chiqarishi bir muncha 169 rivojlangan. Ayni paytda Qorawzak, Taxtako’pir, Mwynoq va Bwzatov tumanlarida bu soha deyarli yo’q darajada. Qishloq xo’jaligi. QR O’zbekistonning 5,4 foiz paxta xom ashyosini, 3,6 pilla, 10,7 foiz poliz ekinlari mahsulotini, 4,9 gwsht, 3,6 sut, 8,9 qora ko’l terisi, 40,7foiz sholisini etkazib beradi(1999y). Qoraqolpog’iston qishloq xo’jaligida chorvachilik nisbatan ustun turadi. Uning xissasiga jami agrar soha mahsulotlarining 57,2 foizi to’g’ri keladi, qolgan 42,8 foizini esa dehqonchilik beradi. Chorvachilikda eng unumdor soha qo’ychilik-qorako’l qwylarini boqish va jun, teri mahsulotlarini etishtirish hisoblanadi. 2000 yilda obi-havo sharoitini noqulayligi va ayniqsa suv resurslarini kamayganligi sababli qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish 1999 yilga nisbatan bir muncha kamaydi. Umuman olganda esa 90 yillarda QRning mamlakat agrar sohasida tutgan mavqe sholi, paxta, gwsht, suv, tuxum, jun etishtirish bwyicha qisqargan, sabzavot bahcha, uzum, qoroko’l pilla etishtirishda esa biroz kwtarilgan. Ekin maydoni swnggi yillarda, barcha xo’jalik turlarida 340-390 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan taxminan 1/3 don (asosan sholi), 35foiz ga yaqini paxta, 20foiz dan ko’prog’i em-xashak, 7-9 foiz poliz ekinlari bilan band. Bir yilda 150-170 ming tonna atrofida sholi, 130- 190 tonna paxta xom-ashyosi olinadi(obi-xavo sharoitiga qarab); xosildorlik sholichilikda 20 ts/ ga etadi, paxtada bu ko’rsatkich ancha past. Paxta va sholi ko’proq suv bilan yaxshi taminlangan hududlarda, bevosita Amudaryoga yaqin daryolarda ekiladi. QR da yaylov chorvachiligi rivojlangan, em-xashakdan asosan beda etishtiriladi. Yirik shohli mollar soni 380 ming bosh atrofida, qwy va echkilar 435 ming bosh otlar 16 mingga yaqin, tovuqlar esa, 650 ming ziyod (2000 yil). Umuman qishloq xo’jaligi sohasi bwyicha Ellikqala, Beriniy, Twrtko’l va Amukdaryo tumanlari ajralib turadi. Ularning har biri Qoraqalpog’iston agrar smoha maxsulotining 10foiz dan ko’prog’ini beradi. Ayni vaqtda Mwynoq va Bwzatov tumanlarida makroiqtisodiyotning bu tarmog’i juda sust rivojlangan. QR da ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. Ushhbu muammo orol bwyi mintaqasidagi ekologik ahvolni yaxshilash mintaqaviy dasturi doirasida xal etilib borilmoqda. 2000 yil yakunlariga binoan aholi jon boshiga 15,7 ming swmlik xalq istemol mollari, 34 ming swmlik chakana savdo oboroti, 5150 swm atrofida pullik xizmat bajarilgan. Har 10 ming aholining sog’liqni saqlash tizimi bilan taminlanganlik darajasi bemorlar koykalari bwyicha 48, ambulator-polikninika muassasalari bwyicha 154 birlikni tashkil etadi. Qishloq infrastrukturasi ham yaxshilanib bormoqda. Masalan, u markazlashtirilgan holda toza ichimlik suvi bilan taminlanish darajasi o’rtacha 62,3 foiz ni tabiiy gaz bilan-87,3 foiz ga teng. Shu bilan7 birga ushbu sohalarning ahvoli Amudaryo, Beruniy va Shumanay tumanlarida (suv bwyicha), Bwzatov va Beruniy tumanlarida (tabiiy gaz) qoniqarli darajada emas. Tranport va tashqi iqtisodiy aloqalar. 2009 yilda barcha transport vositalari bilan 31107 mln. tonna xalq xo’jaligi yuklari jwnatilgan (yuk oboroti 533 mln. tonna/ km 1999 yilda esa 62,0 mln. tonna yuk tashilgan, yuk oboroti o’rtacha 1290 mln tonna/ km bo’lgan. Qoraqarpog’iston hududidan O’zbekistonni Rossiya bilan bog’lovchi Taxiyatosh-Beynau temir yo’li wtadi. Shu bilan birga keyingi yillarda Nukus-Chimboy temir wli ham qurilib ishga tushirilgan va Qwng’irot-Nukus-Chimboy ywnalishi bwyicha yo’lovchilar tashilmoqda. Ayni vaqtda Uchquduq-Qoraqalpog’iston temir yo’li, Nukus-Beynau avtomobil yo’li ham qurib bitirilmoqda. U ishga tushgach Qoraqalpog’iston Respublikasi mamlakatimizning boshqa hududlari bilan bevosita bog’lanish imkeoniyatiga ega bwladi. Tashqi savdo oboroti 132 mln. AQSh dollari, shu jumladan, eksport 93,8 va import 38,3 mln. dollar eksportning 80-85 foiz paxta tolasiga to’g’ri keladi, importda esa mashina va asbob- uskunalar, oziq-ovqat mahsuloti asosiy o’rinni egallaydi. Takidlash joizki, yildan-yilga paxta tolasining eksportdagi ulushi kamayib bormoqda. Masalan, u 1998 yilda jami eksport qiymatining 92,6 foizni, 1999 yilda 86,5 foiz tashkil qilgan bo’lsa, 2009 yilga kelib bu ko’rsatkich 82,3 foizga teng bwldi. İqtisodiy aloqalar hamdwstlik mamlakatlari va qisman 170 «uzoq» jorij davlatlari bilan olib boriladi (Shveytsariya, B.Britaniya, Belgiya, Rossiya Qozog’iston bilan). İchki tafovutlari. Qoraqalpog’iston hududini twrtta asosiy iqtisodiy rayonlarga bwlinadi: g’arbiy, sharqiy, markaziy va janubiy. Bundan tashqari Mwynoq va Bwzatov tumanlari doirasida shimoliy rayon ham ajratilishi mumkin. Belgilangan hududiy tarkiblar orasida g’arbiy, shimoliy va sharqiy rayonlarning iqtisodiy va demografik salohiyati ancha past, markaziy va janubiy mintaqalar esa birmuncha rivojlangan. 1./arbiy rayon tarkibiga Qwng’irot, Shumanay va Konliko’l tumanlari kiradi; rayon Qoraqalpog’iston hududining 45,5 va aholisining 12,5 foiz tashkil qiladi. g’arbiy rayon hissasiga Qoraqalpog’istonning 16 foiz sanoat va deyarli shuncha qishloq xo’jaligi mahsuloti to’g’ri keladi. Ushbu rayonning «norasmiy» markazi Qwng’irot shahri (35,2 ming kishi). Bu erda asosan yaylov chorvachiligi birmuncha rivoj topgan shu bilan birga yoqilg’i va kimyo sanoati ham rivojlanib bormoqda. 2. Shimoliy rayon. Mwynoq va Bwzatov tumanlaridan tashkil topgan bo’lib, unga QRning 23,4foiz maydoni va aholisining atigi 3,2 foiz to’g’ri keladi. Rayon iqtisodiy jihatdan juda sust rivojlangan. U Qoraqalpog’iston sanoat mahsulotining atigi 1-2foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotining 2,5foiz beradi. Eng yirik shahri Mwynoq (13,6 ming kishi). 3. Markaziy rayon. Nukus shahri hokimiyati, Nukus va Xwjayli tumanlarini birlashtiradi. Hududi QRning 2,0 foiz, aholisi 32,5 foiz sanoat mahsuloti 55 foiz, qishloq xo’jaligi mashuloti 13,15foiz ga teng. Bu QR da eng rivojlangan . markazi –Nukus shahri (206,7 ming kishi). Mintaqa asosini Nukus –Xwjayli sanoat tuguni va shu nomdagi shahar aglomeratsiyasi tashkil qiladi. Mazkur rayonda oziq-ovqat, twqimachilik, elektro-energetika sanoati, sholichilik yaxshi rivojlangan. 4.Sharqiy rayon. Qorawzak, Chimboy, Kegeyli va Taxtako’pir tumanlaridan iborat. Uning QR da tutgan o’rni: maydoni 17,6foiz, aholisi 15,6 foiz, sanoati 10-12foiz, qishloq xo’jaligi bwyicha 20-22foiz. Asosiy shahri Chimboyda 33,1 ming aholi yashaydi. Rayonda yaylov chorvachiligi, sholi etishtirish katta ahamiyatga ega. 1. Janubiy rayon tarkibiga Amudaryo, Beruniy, Twrtko’l va Ellikqala tumanlari kiradi. Rayon QR hududining 7,1 foiz ni, aholisini 36,2foiz ni tashkil qiladi. Bu erda agroindustrial majmuasi, shu jumladan paxta va sholi etishtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan. Rayon Qoraqalpog’istonda sanoat maxsulotini taxminan 20-22foiz hamda qishloq xo’jaligining 45-48 foiz ni taminlaydi. Asosiy shaharlari Beruniy, (47,3 ming) va Twrtko’l (48,6 ming kishi). QR iqtisodiy rayonlarining muammolari va istiqbol ywnalishlari ham har xil. Masalan, markaziy rayon wzining mavqeini saqlagan holda yaqin kelajakda janubning rivojlanishi yanada jadallashadi. Bunga Uchquduq-Sultonuvays- Miskin temir yo’lining ochilishi ham sabab bwladi. keyingi navbat /arbiy rayonga kelsa kerak, bu Ustyurt qazilma boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq Sharqiy rayon istiqboli uzoqroq kelajakda Taxtako’pirdan sharqqa-Qozog’istonning tutash hududiga temir yo’l qurilishi, Chimboy tuz konlarini ishga tushirilishi bilan boshlansa ajab emas. Shimol esa ancha vaqt muammoli rayon bo’lib qoladi va uning rivojlanishi ko’p jihatdan Orol taqdiridan kelib chiqadi. Hududlarning bunday tarqqiyot xususiyatlari QR ning mintaqaviy siyosati wz aksini topadi. Xorazm viloyati Viloyat 1938 yilda O’zbekiston tarkibida tashkil topgan. Hozirgi kunda u10 qishloq tumanlaridan iborat: Bog’ot, Gurlen, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qoshko’pir va Xazorasp. Ushbu tarkibda Xorazm viloyatining maydoni 6,05 ming km 2 va bu jihatdan u respublikada Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan kattaroq, holos. Viloyat aholisi, 1.01.2009 yil malumotlariga ko’ra, 11517.6 ming kishi. Mamuriy markazi-Urganch shahri. Xorazm vildoyati hududi jihatidan uncha katta bwlmasada, uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Jumladan, bu erda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va sanoat mahsulotining hajmi QR ga qaraganda 1,6 marta ziyod, qishloq xo’jaligi markazlari esa 2,4 marta ortiq 171 Geografik o’rni va tabiiy boyliklari. Viloyat Amudaryoning quyi qismida, O’zbekiston respublikasining Shimoli /arbida joylashgan, QR va qisman Janubda Buxoro viloyati bilan, /arbda va Janubi /arbda esa Turkmaniston davlati bilan chegaradosh. Viloyat hududining asosiy qismi Amudaryoning swl sohilida joylashgan. Amudaryo boy tarix va madaniyatga ega bo’lgan Xorazm taqdirida katta rol wynagan; Nil daryosi qadimgi Misr uchun qanchalik ahamiyatli bo’lgan bo’lsa, Amudaryo (Oks) ham Xorazm wlkasi uchun shunchalik muhim bo’lgan. Binobarin, bu daryo Xorazm viloyati va qwshni hududlar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining asosiy tarixiy geografik omili hisoblanadi. Xorazm hududidan Chorjwy-Toshxovuz-Beynau temir yo’li kesib wtadi. Bu uning rivojlanishiga, Turkmaniston, Qozog’iston, RF va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishida ancha qulayliklar twg’diradi. Biroq, viloyatning orol dengiziga yaqinligi, ushbu mintaqada vujudga kelgan ekologik vaziyat uning rivojlanishiga biroz salbiy tasir kwrsatadi. Viloyat er usti tuzilishi murakkab emas, uning hududi Turon past tekisligiga kiradi. Er satxining nisbatan balandligi daryodan uzoqlashgan sari va janubga tomon biroz kwtarilib boradi. Bunday geomorfolgik holat va u bilna bog’liq er osti suvlarining joylanishi aholi manzilgoxlari va xo’jalik tarmoqlarini hududiy tashkil qilishga wz tasirini kwrsatadi. Xorazm hududining bunday tuzilishi ayni vaqtda uning qazilma resurslariga boy emasligidan ham darak beradi. Darhaqiqat, bu erda kwzga ko’rinarli qazilma boyliklar topilmagan (ehtimol, uning janubiy va wng qirg’oq qismida kelajakda yoqilg’i resurslari, jumladan tabiiy gaz konlari aniqlanishi mumkin). Viloyatdja mineral xom-ashyo va yoqilg’i resurslarining wta tanqisligi bu erda og’ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga twsqinlik qiladi. İqlimi kontinental, namgarchilik kam. Shu sababli qadimdan bu hududda dehqonchilikning rivojlanishi asosan suv, sug’orish inshootlari bilan bog’liq bo’lgan. Xatto hozirgi kunda ham iqlimning quruq kelishi, Amudaryoda suvning kamayishi bu erda nafaqat sug’orma dehqonchilikni rivojlantirishga, balki elektr energiyasini ishlab chiqarishga, daryo transporti faoliyatiga ham salbiy tasir kwrsatadi. Shunday qilib, Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojelanishi ko’p jihatdan agroiqlimiy resurslarga, suv zaxiralari, Orol bwyi ekologik muammolarni xal qilishga hamda qwshni hududlar bilan iqtisodiy integratsiya qilishiga bog’liq Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyatining eng katta boyligi uning xalqidir. Viloyat aholisi 1989-2009 yillarda 121,2 foizga yoki har yili 1,65 foizdan ko’payib borgan. Ammo bu mamlakat o’rtacha ko’rsatkichlardan pastroq (1,90 foiz). Aholi joylashuvida, qwshni Qoraqalpog’istonga wxshash, katta hududiy tufovutlar yo’q O’rtacha zichlik 1 km 2 ga 223 kishini tashkil etgan holda u 180 kishidan (Yangibozor tumani), 350 kishigacha (Xiva tumani) farq qiladi. HuningdekYu, Urganch, Xazorasp tumanlarida ham aholi ancha zich joylashgan. Viloyatda urbanizatsiya darajsi past-24 foizga yaqin aholi mavjud. 3 shahar (Ugrganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 shaharchada (Gurlen, Qoshko’pir, Chalish, Xazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozorda yashaydi. Urbanizatsiya ko’rsatkichi respublikamizda faqat Surxondaryo viloyatidan yuqoriroq, holos, shaharlar soni bwyicha esa u eng oxirgi o’rinda. Viloyatning mamuriy markazi Urganchda 140 ming, «ikkinchi» shahar Xivada 50 ming kishi istiqomat qiladi. Aholi sonini o’sishida uning tabiiy harakatini roli katta. Tug’ilish har ming kishi hisobiga 2006 yilda viloyat bwyicha 24,2, wlim 5,2 kishiga, tabiiy o’sish esa 19,0 promillega teng bo’lgan. Tug’ilish koeffitsienti Xazorasp, Gurlen va Bog’ot tumanlarida yuqoriroq (26-27 promille), wlish ko’rsatkichlari esa Urganch shahrida biroz katta (6,5-7,0 promille). Bolalar wlimi viloyat bwyicha har 1000 tug’ilgan chaqaloqqa 24,7 teng bo’lib, u Urganch shahri va Gurlen shaharchasida birmuncha yuqoriroq Viloyatda aholi migratsiyasi respublika boshqa hududlariga qaraganda ancha sust rivojlangan. Masalan, 1997 yilda viloyat shahar joylariga atigi 1980 kishi kelgan va bu erdan 360 kishi ketgan (migratsiya qoldig’i minus1621); 19998 yilda bu ko’rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 1890; 3680 va minus 1790 kishini tashkil qilgan. 172 Alohida takidlash joizki, O’zbekistonda faqat Xorazm viloyati qishloq joylarida aholining migratsiya aloqalari ijobiy, holos. Chunonchi 1997 yilda viloyat qishloqlariga hammasi bo’lib 2968 kishi kelgan (1998 yil-3997), ketganlar 3301 (3372) va migratsiya qoldig’i 786 (625) kishiga teng bo’lgan. Xorazm viloyati demografiyasining yana bir xususiyati shundaki, uning aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Masalan, 1989 yildagi aholi rwyxati malumotlariga qaraganda, viloyat aholisining 94,6 foiz o’zbeklar tashkil etgan. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o’sishi, joylanishi, tabiiy va migratsiya harakti, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida etiborga olinishi kerak. Jami aholidan 650 ming kishi yoki foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi; ish bilan band bo’lganlar soni 450-460 ming kishi, rasman ishsiz sifatida mehnat birjasida qayd etilganlar esa 2500-2540 kishi atrofida. 1999 yil malumotlariga qaraganda, jami band aholining 8,8foiz sanoatga, 40,6 foiz qishloq xo’jaligiga, 8,4foiz qurilishga to’g’ri keladi. Shuningdek, talim, madaniyat, fan sohalarida ham mehnat resurslarining kattagina qismi ishlaydi (13,5foiz). Respublika o’rtacha ko’rsatkichlariga qiyoslasak, bu erda qishloq xo’jaligida aholi bandligining yuqoriroq va sanoatda esa pastligining guvohi bwlamiz (O’R bu ko’rsatkichlar 36,2 va 12,6foiz ga barobar). 1999 yilda Xorazm viloyati qishloq xo’jaligida 7,2 ming kishi ortiqcha ishchi kuchi sifatida bwshagan va shu yili qishloq joylarida 14,1 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan. Bu albatta, asosan sanoat va ijtimoiy sohalar, kichik tadbirkorlik hisobidan amalga oshirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling