Ta’limda axborot texnologiyalari
Download 1.28 Mb.
|
topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ergonomik
Uslubiy talablar:
-Katta hajmdagi o’quv materialini o’zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretasiyalardan foydalanish; -ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko’rinishda o’tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash; -ta’lim oluvchiga mustaqil o’rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish; -darslarga tayyorgarlikni o’qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish); -o’rganiladigan o’quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular orasidagi uzviylikni ta’minlash; -o’qituvchiga ta’lim oluvchilar o’zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish zarur. Ergonomik talablar: taqdim etiladigan o’quv materialining asosan monitor orqali taqdim etilishini hisobga olish; taqdim etiladigan o’quv materiali ta’lim oluvchini toliqtirmasligi; ta’lim oluvchiga “do’stona munosobatda” bo’lishi; kompyuter ekranida aks ettiriladigan o’quv materiali ta’lim oluvchiga aniq, ravshan, tez o’zlashtirilishi va tushunarli bo’lishi; o’quv materialini taqdim etishda qisqartmalar va noaniq atamalar bo’lmasligi; o’zlashtriladigan material imkoniyat doirasida ta’lim oluvchining diqqatini jalb etishi; ta’lim oluvchi qayta ishlaydigan yoki ishlamoqchi bo’lgan materialnigina ko’ra olish imkoniyati mavjud bo’lishi shart; taqdim etiladigan o’quv materiali ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy an’analar, milliy qadriyatlar va etnogenetik xususiyatlarni hisobga olishi shart. elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda psixologik qulaylikni ta’minlash (o’rganuvchilarning yosh va individual xususiyatlari, fikrlashning turli xilligi va (foydalanilgan ranglar, ovoz va ekranda yuz beradigan o’zgarishlar) ni hisobga olish); elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash, ta’lim oluvchini toliqtirmasligi lozim (navigasiyaning qulayligi va aniqligi, ma’lumotni idrok etish osonligi, zarur bo’lmagan, tushunish qiyin qisqartmalar va turli ortiqcha kodlardan foydalanmaslik; qo’llaniladigan shriftlar, ranglar, ekranda ma’lumotlarni ayrim qismlarini ajratib ko’rsatish usullari zerikishni keltirib chiqarmasli zarur); Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling