Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni qo’l harakatlarini rivojlantirish. Qo’l panjalari va mayda muskullarni rivojlantirish, jismoniy qo’l harakati mashqlarini o’rgatish. TK5 orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: Savol- javob, jamoa bilan ishlash,tushuntirish.
Jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasi
“ Kun tartibi” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. Yozuv daftarlarini nazorat qilish va rajbatlantirish.
1.O’tgan darsda qaysi tovushni o’rgangan edik?
2.Yozilgan so’zlardagi unli va undosh harflarni aniqlang.
III. Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi; harflarni bosh shaklini yozishda belgilangan qiyalikda yozishga amal qiling.
Har bir harfni yozishda qo’l harakatini burush yoki uzish kerakligini harflarni yozuv chizig’iga qanday jaylashishi va qanday yo’nalishini doskada tushuntirilishiga alohida e’tibor qarating.Harflarni strelka bo’ylab tasavvur oprqali mashq qiling. Bosh harflarni bir xil balandlikda yozishga harakat qiling. O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish. Ch tovushi va Ch harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish.
Katta Ch harfi katta yarim cho’zinchoq doira shaklidagi unsurga kichik h harfini bog’lab yozish orqali hosil bo’ladi. Katta Ch harfini bir necha qator yozib mashq qilish.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozishni mashq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |