Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni sotish 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va 
ularning foydasini qamrab oladi. Hozirgi paytda savdo ustamalari 
markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan alohida tovarlar bo‘yicha ularning yuqori chegarasi 
mintaqaning mahalliy ma’muriyati tomonidan belgilanadi. 
Baho yuqorida sanab o‘tilgan barcha elementlarni o‘zida 
mujassam etmasligi ham mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini sotib olish bahosida qo‘shilgan qiymat solig‘i 
mavjud emas. Shuningdek, barcha tovarlar ham aksizosti tovarlari 
bo‘lavermaydi, ayrim tovarlar esa iste’molchilarga vositachilarsiz 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi. 
Xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, bozor baholari erkin 
iqtisodiyotda talab va taklifga muvofiq ravishda o‘rnatiladi. 
Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga noo‘rin aralashuvi 
(bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish 
jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), ba’zi hollarda iqtisodiy 
vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Buning sababi shundaki, 
davlat organlari, odatda, o‘zlarining biznesga ishtirok etishlari 
natijasida qo‘shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi. 
Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. 
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
• sof 
qiymat 
asosida 
baholarni 
aniqlash 
(muallifi 
G.S.Strumilin); 
• baholarni 
o‘rtalashtirilgan 
qiymat 
asosida 
aniqlash 
(D.D.Kondratov); 
• takror ishlab chiqarish baholari (V.S.Nemchinov); 
• obyektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich); 
• oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin). 
• va boshqalar. 
Bahoni hisoblash (aniqlash)ning “o‘rtacha xarajatlar va 
foyda” usuli o‘z asosiga ishlab chiqarishning o‘rtacha chiqimlari 
va ustamasini oladi. Bunda baho ishlab chiqarish chiqimlari va 
foydaning yig‘indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning qismlari 
esa foydalanilayotgan mehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga 


292 
proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko‘ra mehnatning 
qiymati bahoning asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Bunday yondashuv erkin bozor tizimi nuqtayi nazaridan o‘zini 
oqlamaydi, chunki ko‘p XYuSlar o‘z tovarlarini yuqori bahoga ega 
bo‘lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki 
boshqa 
omillarni 
hisobga 
olgan 
holda 
baholaydi. 
Neoklassiklarning tasdiqlashicha, ne’matlarni ishlab chiqarish va 
realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi 
yoki yo‘qligi xususidagi iste’molchining tegishli qarori bilan hech 
qanday umumiylik tomoni yo‘q. Bu joyda uni haqiqatdan ham 
tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Masalan, 
XYuS agar tovarni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli 
deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo‘ljallangan xarajatlarni (bu 
yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerakki, u o‘zining ish 
haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha 
mahsulotlarni ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u 
holda u shu mahsulot o‘zida mujassam etgan foydalilikka 
(naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi. Tovarda 
mujassamlangan foydalilikni esa hech qachon shu mahsulotni 
ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ham baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini “bozor nimani 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling