Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


tabaqalashtirilgan baholar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, 
hududiy va XYuSlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotni 
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, 
shuningdek, mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va 
boshqa sifat belgilariga ko‘ra) bog‘liq ravishda bir xil 
mahsulotlarga o‘rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va chakana 
baholardan iborat bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar 
tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruhlari 
uchun foydalanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning 
har bir guruhi uchun maksimal baholarni o‘rnatishga harakat 
qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi 
deyiladi. 
Rezervlashtirilgan 
bahoning 
sotib 
oluvchilar 
daromadlariga bog‘liq ravishda o‘rnatilishi bahoning ideal diversifi-
katsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan 
tovarlarning miqdoriga bog‘liq ravishda ham o‘rnatilishi mumkin. 
Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir 
martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib 
olinganda esa baholarning darajasi ancha pasaytirilishi mumkin. 
Baholarning har bir turi ularga tegishli bo‘lgan shakllantirish 
va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji 
baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo‘lgan 
o‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning 
bahosi, o‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejab-
tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo‘lib 
hisoblanadi. 
Aniq baho o‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. 
Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi
birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir 


290 
elementning salmog‘i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb 
ataladi. 
Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyidagi formulada 
keltirilgan: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling