Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

K
рата
= (SF
к
: UMA
к
) x 100% 
 
 
Bu yerda: K
рата
 XYuS aylanmadan tashqari aktivlari- 
ning rentabelligi; 
SF
к
 XYuSning sof foydasi; 
UMA
к
 XYuSning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha)
aktivlari. 
Investitsiyalarning 
rentabelligi 
koeffitsiyenti 
XYuS 
raqobatbardoshligi 
va 
innovatsionligining 
eng 
muhim 
indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida 
hisoblash mumkin: 
K
ри
SF
к
 : (O‘K + UMM) x 100% 
 
 
Bu yerda: K
ри
– XYuS investitsiyalarining rentabelligi; 
SF
к
 XYuSning sof foydasi; 
O‘K XYuSning o‘z kapitali; 
UMM  XYuSning uzoq muddatli
majburiyatlari. 
Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi 
guruhlari bilan bog‘liq: 
• foyda summasini ko‘paytirish; 
• xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni 
kamaytirish. 
Bu yo‘nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va 
rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan 
foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
 
 
• “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” 
tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari 
nimalardan iborat? 
• Ishlab chiqarish chiqimlarini qanday guruhlarga bo‘lish 
mumkin va ular qanday nomlanadi? 
283 
baholarning past darajasi esa (masalan, bolalar va keksa 
yoshdagi qariyalarga mo‘ljallangan tovarlar) ana shunday sotib 
oluvchi 
(iste’molchi)lar 
foydasiga 
mablag‘larning 
qayta 
taqsimlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat 
ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘plab tovarlarga 
nisbatan baholarning erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir 
necha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat 
tomonidan tartibga solinishi qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 
daromadlar bir qismining sanoatning ayrim tarmoqlari foydasiga 
qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shunday qilib, demak, ulgurji 
baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali tarmoqlar, XYuSlar, 
mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daromadlari va 
foydasini qayta taqsimlash mumkin. 
Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor 
iqtisodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida 
aloqa o‘rnatiladi (amalga oshiriladi). Shunisi xarakterliki, tartibga 
soluvchi baho tartibga solish jarayonining o‘zida vujudga keladi va 
uning o‘zi ham tartibga solinuvchi hisoblanadi. Shuning uchun 
ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi 
talab va taklifning tenglashishiga muvofiq keladigan baho 
yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga solish funk-
siyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lur edi. 
Oila byudjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini 
qayta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda 
bahoning ijtimoiy funksiyasi vujudga keladi. Buning natijasida 
ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarning u yoki bu turlariga nisbatan 
iste’mol qilish hajmlari oshadi yoki kamayadi. Chakana 
baholarning oshishi turmush darajasini pasaytiradi va aksincha, 
deb e’tirof etilgan. Biroq, agar bir vaqtning o‘zida chakana baholar 
bilan birgalikda ulgurji baholar va aholi daromadlari ham o‘zgarsa, 
bu “manzara” ko‘p omilliga aylanadi va baholar dinamikasining 
turmush darajasiga ta’siri xususida xulosa chiqarish uchun 
yanada chuqurroq tahlil o‘tkazish zarur bo‘ladi. 
Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi ishlab chiqarishni 
moddiy 
va 
mehnat 
resurslaridan 
samarali 
foydalanish, 
mahsulotning ma’lum bir turini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida 
rag‘batlantirish orqali namoyon bo‘ladi. Bunday baholar agar ular 
iste’molchi uchun qulay bo‘lsa, iste’molni ham rag‘batlantiradi. 
Bahoning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bozorni tartibga solishning 


282 
tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol 
qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan 
baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, 
degan xulosa kelib chiqadi. 
Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi 
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs 
bilan ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, 
buning natijasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, 
baho kerakli mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi 
berishi lozim bo‘lgan resurslarning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy 
zaruriy mehnat xarajatlariga yaqinlashishini ta’minlovchi modeli 
ana shundan iborat. Yuqorida bayon qilingan holatlarga asoslanib 
vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli bo‘lgan funksiyalarni bozor 
iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar 
birligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul 
birliklarida o‘lchanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga 
miqdor va son shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki 
o‘lchovchi sifatida maydonga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning 
o‘zida baho pulda ifodalangan turli tovar qiymatlarining 
o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan ana shu sifatda baho 
umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri 
sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljal, bashorat-
lashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagilarning 
barchasi bahoning o‘lchov(chilik) funksiyasidan darak beradi. 
Ma’lum ma’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning 
o‘lchov(chilik) funksiyasining o‘ziga xos bo‘lgan “qo‘shni”si 
hisoblanadi va qisman uning tarkibiga kiradi. Baho, milliy 
boylikning buyumlashgan va moddiy o‘lchamlarini qiymat va 
demak, moliyaviy o‘lchamlarga aylantirib, qiymatning fuqa-
rolarda, ularning oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umuman 
iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat 
bo‘yicha saqlanishi, jamg‘arilishi va harakat etishi ustidan hisob 
va nazoratni olib borishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. 
Bahoning 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling