Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari Baho
281 13-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BAHO SIYOSATI VA BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI 13.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari Baho mohiyat jihatidan qiymatning puldagi ifodasi hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadi va uning miqdori mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari darajasi bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uni sotish shartlari bilan ham belgilanadi. Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq (mos) kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasi- dagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e’tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiymat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi. Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, o‘zlariga turli-tuman sharoit va jarayonlarning ta’sirini sinab ko‘radi. Shunga mos ravishda bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas. Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida tushunish qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foyda olish uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki 304 • O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning qanday turlari mavjud? • Qanday baholar qat’iy baholar deyiladi? • Joriy baholar deyilganda nima tushuniladi? • O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar qanday baholardan iborat? • Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar qanday buyumlarga nisbatan o‘rnatiladi? • Vaqt omiliga ko‘ra baholarning qanday tur (ko‘rinish)lari bo‘lishi mumkin? • Qanday baholarga doimiy baholar deyiladi? • Mavsumiy baholar qanday o‘rnatiladi? • Qanday mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi? • Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar qanday farqlanadi? • Qanday baholarga ma’lumotnomaviy baholar deyiladi? • Qayerlarda e’lon qilingan baholar preyskurant baholar deb ataladi? • Qanday baholar hisob-kitobli baholardir? • Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning qanday turlari mavjud? • Qanday baholarga auksion baholar deyiladi? • Birja kotirovkalari deb nimaga aytiladi? • Qanday baholar savdolar baholaridan iborat? • Xududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning turlari qanday farqlanadi? • Yagona (yaxlit) baholar qayerlarda amal qiladi? • Mintaqaviy baholar qayerlarda shakllanadi? • Qanday baholar mahalliy baholar deyiladi? • Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha baholarning qanday turlari mavjud? • Qanday baho bozor baholari deyiladi? • Qat’iy baholar qanday baholardan iborat? • Qanday baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi? • Qanday buyumlarning bahosiga prestij (nufuzli) baholar deyiladi? 289 yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar bo‘yicha – jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning baholariga muvofiq; xalq iste’mol tovarlari bo‘yicha – yetakchi yirik kataloglarda e’lon qilingan baholarda aniqlanadi. Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo‘linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo‘lgan bir necha firmalar o‘rtasida mahsulotlar sotilganda qo‘llaniladi. Baholarning yana bir turi bor. Ularning nomi Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling