Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Rentabellik va uni oshirish yo‘llari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

12.3. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari 
 
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining 
sarf qilingan mablag‘larga yoki sotilgan mahsulotning hajmiga 
nisbati bilan aniqlanadi. 
Moliyaviy 
tahlil 
jarayonida 
rentabellikning 
quyidagi 
ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi: 
• sotuv (sotish) rentabelligi; 
285 
• bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat 
darajasining xarakteri bo‘yicha; 
• yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra; 
• qo‘llanilish tartibiga muvofiq. 
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar 
quyidagicha farqlanadi: 
• ulgurji baholar; 
chakana baholar
• sotib olish baholari; 
smeta qiymati
• tariflar. 
XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo‘jaligi 
yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan 
bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli 
uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o‘rnatilgan baho 
chakana baho deb ataladi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z 
mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish (yoki xarid) 
baholarida amalga oshiriladi. 
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va 
b.)ning bahosi to‘lanadi. 
Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog‘liqni 
saqlash 
xizmatlari, 
mehmonxona, 
sayyohlik 
va 
boshqa 
xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.
O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi 
turlari mavjud: 
• qat’iy baholar; 
joriy baholar
• o‘zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar; 
• almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar. 
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq 
ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari 
davomida o‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling