preykurant baholar deb ataladi.
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo‘yicha
noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida
qo‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi
tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijorat
shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va
asoslanadi.
Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning
quyidagi turlari mavjud:
• auksion baholar;
• birja baholari ( birja kotirovkalari);
• savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rib chiqilgan tovarlar
partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy
sotish bahosi auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va
taklif o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi natijasida belgilanadi.
Birja
orqali
sotiladigan
standartlashtirilgan
(ando-
zalashtirilgan) bir xil (toifa)dagi tovarlarning (shu jumladan,
qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi birja baholari (birja
kotirovkalari) deb ataladi.
Savdolar
baholari
ixtisoslashtirilgan
savdo
alohida
shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat
(tender)da oldindan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni
yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga
oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo‘ladi.
Hududiy
bozorlarga
bog‘liqligini
nazarda
tutib
baholarning turlari quyidagicha farqlanadi:
• yagona (yaxlit) baholar;
• mintaqaviy baholar;
• mahalliy baholar.
Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida
amal qiladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi (belgilanadi) va
tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida
shakllanadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari va xomashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini
kiritish mumkin.
286
Do'stlaringiz bilan baham: |