Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Nodavlat moliyaviy nazorati


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

6.4. Nodavlat moliyaviy nazorati 
 
 Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat 
organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy 
nazoratning turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek, 
moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) 
nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan 
nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi. 
Ichki xo‘jalik moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, 
korporatsiyalarning ichki iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, 
moliya bo‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar 
tomonidan o‘z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining 
moliyaviy faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat 
xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘larini (shaxsiy, qarziy, jalb 
etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi 
kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy 
53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi PF-1414-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan. 
http://www.lex.uz 
54
http://www.lex.uz


172 
bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning 
instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta 
muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga 
oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish; 
ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov 
balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish 
asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga 
oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va 
tadqiqot bazasini rivojlantirish; 
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish 
mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga 
keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni 
bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar 
tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish; 
to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni 
barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank 
tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining 
o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining 
bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini 
mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish; 
beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu 
jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni 
boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi 
masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining 
samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish; 
oltinchidan, 
nobank 
kredit 
tashkilotlarining 
moliyaviy 
barqarorligini kuchaytirish, shuningdek‚ ularning faoliyati ustidan 
nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 
yettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va 
qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik 
subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik 
darajasini oshirish. 
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan: 
• banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va 
tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari to‘g‘risida 
axborot, ma’lumotlarni so‘rash va olish; 
• olingan axborot, ma’lumotlar bo‘yicha tushuntirishlar talab 
qilish; 
165 
daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, 
xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va 
o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini 
muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish; 
• sug‘urta 
tashkilotlarining 
sug‘urta 
munosabatlari 
barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy 
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini 
nazorat qilish, 
buxgalterlik hisobi 
va hisobotining 
yagona 
metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik 
faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini 
rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok 
etish; 
• davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya 
vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining 
ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya 
organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l 
qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya 
etilishini 
ta’minlash, 
jismoniy 
va 
yuridik 
shaxslarning 
murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan 
vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya 
organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish 
Moliya organlarining ko‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni 
rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko‘rib 
chiqish, byudjet barcha daromadlarini to‘plash, davlat byudjeti 
bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat 
moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi mavjud bo‘lib, u 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24- 
oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat 
moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom” 870-son 
Qaroriga asosan faoliyat yuritadi.
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, 
byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari maqsadli sarflanishini, 
moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, 
shuningdek‚ byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi 


166 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat 
organi hisoblanadi. 
Quyidagilar 
Bosh 
boshqarma 
va 
uning 
hududiy 
boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi: 
• byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘larini boshqarish va 
byudjet hisobini yuritish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan 
dasturiy mahsulotlar vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy 
faoliyatini doimiy monitoring qilish; 
• byudjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha byudjet 
tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish; 
• byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va 
moddiy boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, 
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda 
ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha 
tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish 
shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish; 
• masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy 
axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish 
obyektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali 
taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini 
tekshirish samaradorligini oshirish; 
• O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari 
va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari 
mablag‘laridan foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda 
byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy 
nazoratni amalga oshirish; 
• O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati 
ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek‚ 
insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan 
maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga 
oshirish; 
• davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalari, shuningdek‚ 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa 
jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda qonunchilikka rioya 
etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 
• o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; 
171 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
bo‘linmalari mavjud. 
Quyidagilar 
bosh 
boshqarmaning 
asosiy 
vazifalari 
hisoblanadi:
• xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida 
to‘lanishini nazorat qilish; soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, 
ularning oldini olish, ularga barham berish;
• fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari 
to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish;
• soliq to‘lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini 
ta’minlash bo‘yicha ish olib borish.
Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib 
chiqib, bosh boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vazifalar ham yuklatilishi mumkin. 
Davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha funksiyalarni bank tizimi 
ham 
bajaradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» 1995-yil 21- 
dekabrdagi qonuni
51
ga muvofiq u bank tizimi barqarorligini 
qo‘llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari 
himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar 
faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo‘yicha o‘z 
vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini 
amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik 
hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar 
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Mamlakatimizda bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi 
ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada 
takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar Markaziy 
bank 
faoliyatining 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
etib 
quyidagilar 
belgilandi
52

birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish 
maqsadida inflyatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini 
51
oxirgi o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456- sonli Qonuni bilan kiritilgan. 
http://www.lex.uz
52
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5296
-son Farmoni. 
http://www.lex.uz


170 
• davlat soliq siyosatini amalga oshirish; 
• soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z 
vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; 
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat 
maqsadli jamg‘armalariga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga 
to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash; 
• soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish 
bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga 
olinishini ta’minlash, ularni to‘liq qamrash va hisobga olish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish, 
Soliq 
to‘lovchilar 
identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish; 
• soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini 
ro‘yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini 
olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks 
tadbirlarni amalga oshirish;
• pul mablag‘larining noqonuniy aylanishi manbalariga 
barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-
kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan banklar kassalariga o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi 
yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; 
• soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini 
bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga ko‘rsatiladigan axborot-
maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish; 
• bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati 
yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish; 
• davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o‘z 
ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat 
darajasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 
2000-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan 
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
50
tuzilgan bo‘lib, uning 
50
Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 9-oktyabrdagi 646-sonli buyrug‘i asosan “Davlat soliq qo‘mitasining Bosh 
nazorat-taftish boshqarmasi to‘g‘risi Nizom”i tapsdiqlangan. http://www.soliq.uz 
167 
• moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aksiz 
solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan 
nazorat o‘rnatish; 
• paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning 
haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini 
ta’minlash. 
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari 
muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq 
xizmati to‘g‘risida
ˮgi 1997-yil 29-avgustdagi qonuni
47
soliq 
nazoratining asoslari, uni amalga oshirish
bo‘yicha soliq 
organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va 
soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, 
shuningdek‚ soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir. U davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
Kodeksi
48
da keltirilgan shakllarga asosan amalga oshiriladi. 
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator 
muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017-yil 18-iyulda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Soliq 
ma’muri-
yatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini 
isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi: 
• soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil 
uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, 
tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron 
xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish; 
• soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z 
vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli 
organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish 
masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida 
taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;
• soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har 
tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profi-
laktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq 
47
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuni. 
http://www.lex.uz. 
48
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 52 (I)-son. http://www.lex.uz 


168 
to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini 
amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
• makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning 
soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini 
to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni 
ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
• faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga 
har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib 
ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, 
o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi 
oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani 
kengaytirish;
• soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy 
byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini 
aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, 
shuningdek‚ mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni 
yanada kengaytirish;
• kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini 
yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan 
to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek‚ 
xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va 
ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini 
yaratish. 
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z 
vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat 
etish;
• soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini 
ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda 
yordam ko‘rsatish, soliq bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash
ogohlantirish va to‘xtatib qo‘yish. 
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolati doirasida quyidagi 
huquqlarga ega:
• soliq to‘lovchilarda (jumladan soliq to‘lovchilar bilan bog‘-
langan qarshi subyektlarda) O‘zbekiston Respublikasi nobyudjet 
Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida hisoblab 
yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
169 
moliyaviy hujjatlarni, shuningdek‚ eksport-import operatsiyalari 
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida 
yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur bo‘lgan tushuntirish, 
ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
• qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar 
hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit 
tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib 
qo‘yish. 
Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan 
vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat 
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, 
statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan 
o‘zaro birgalikda bajaradilar. Ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar 
soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan 
davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi 
kurashda yordam berishlari shart. 
Ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq 
nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo‘mitasi va uning organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari 
faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-
sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga 
solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida 
Nizom”
49
yangitdan tasdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat 
soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, 
davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya 
qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika 
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 
Davlat soliq qo‘mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy 
vazifasi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya 
etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri 
hisoblab yozilishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga soliq nazorati bo‘yicha bir 
qator vazifalar yuklatilgan: 
49
Izoh: dastlab ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-son Qaroriga muvofiq qabul qilingan 
edi. 


192 
o‘sishi (ko‘tarilishi) davrida to‘ldirilgan va ishlab chiqarishning 
iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan. 
Xo‘jalikni rag‘batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat 
byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning 
talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida o‘z 
aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq 
stabilizatorlari” to‘g‘risidagi keynscha qarashlar yotar edi. 
J.M.Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” siklik tebranishlarni 
tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir 
o‘zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak 
edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, 
ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning 
doimo o‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to‘ldiradilar. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling