Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
6-BOB. MOLIYAVIY NAZORAT 

6.1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obyekti, 
predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari 
 
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga 
obyektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon 
bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda 
(aspektda) qaraladi: 
• barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va 
moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan 
nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati;
• moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga 
muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada 
moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi. 
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va 
subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi 
holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, 
ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta 
e’tibor beriladi. 
Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va 
tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya 
hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus 
tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan 
nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 
moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik 
operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan 
xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga 
oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki 
bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish 
bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga 
(aspektiga) egadir. 
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan 
nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari 


140 
• Balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari qanday 
guruhlardan iborat bo‘ladi? 
• Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja qanday yo‘nalishlar 
bo‘yicha ishlab chiqiladi? 
• Moliyaviy bashoratlashning ta’rifini ayting. 
• Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash nimalarga 
ajratiladi? 
• Moliyaviy bashoratlash jarayonida qanday metodlardan 
foydalaniladi? 
• Moliyaviy 
rejalashtirishning 
metodi 
sifati 
moliyaviy 
dasturlashtirish nimalarning bo‘lishini ko‘zda tutadi? 
• Ijtiomoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri qanday 
maqsadlar uchun zarur? 
• Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini 
(moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun 
nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim? 
• Davlatning transformatsion xarajatlari tarkibini aytib bering. 
• Davlat xarajatlari ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini 
qo‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga 
keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa nimalarda namoyon bo‘ladi? 
Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini nimalarga 
ta’sir etishi mumkin, deb ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi? 
• Bozor xo‘jaligining moliyaviy regulyatorlari (tartibga 
soluvchilari) tarkibini ayting. 
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishni tartibga solishning qanday 
ko‘rinishlari (shakllari) xos? 
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) 
tartibga solish shakli nimalar orqali namoyon bo‘ladi? 
• Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga 
nimalarni oladi? 
• Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllarini tushuntirib 
bering. 
 
133 
ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi 
jarayonida 
ham, 
xususan, 
sanoat 
va 
qishloq 
xo‘jaligi 
korxonalariga 
subsidiya 
va 
kredit 
berishda, 
infratuzilma 
obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish 
uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular 
bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin 
o‘zgaradi. 
Yuqorida 
bayon 
etilgan 
xarajatlar 
hajmining 
o‘zgartirilishi 
investitsiyalarning 
o‘lchamiga, 
jami 
talabning 
hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining 
unumli yo‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bo‘lib 
hisoblanishi mumkin. Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, 
boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog‘ining yuqoriligida, 
shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining 
kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning 
o‘sishiga olib keladiki, ular oxir-oqibatda, qutulib bo‘lmaydigan 
buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlarni vujudga keltiradi (jahon 
amaliyotida bunday misollar juda ko‘p, masalan, o‘tgan asrning 
70-80-yillarida dunyoning katta qismini qamrab olgan inflyatsiya, 
1998-yilning avgustida Rossiyada sodir bo‘lgan moliyaviy 
tanazzul, 2008-2010-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi, 
2014-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi va boshqalar). 
Umumdavlat pul fondi mablag‘larining sarf etilishi, shubhasiz, 
davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini 
moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarni to‘plashni taqozo etadi. 
Qo‘shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki 
bosqichida davlat daromadlari – YaIM va MDning bir qismini 
qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bo‘yicha 
iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi. 
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibini o‘zgartirish 
yordamida umumishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining tartibga 
solish imkoniyatini quyidagi obyektiv shart-sharoitlar bilan 
tushuntirish mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar ega bo‘lgan va 
o‘zlarining joriy xarajatlari hamda investitsiyalarini to‘lash uchun 
foydalaniladigan 
resurslar 
bir 
qismining 
davlat 
ixtiyoriga 
o‘tkazilishi yuqoridagi ijtimoiy tizim subyektlarining daromadlilik 
darajasini kamaytiradi va jami iste’molning tarkibiy tuzilmasini 
o‘zgartiradi. Resurslarning ma’lum qismini davlat ixtiyoriga olish 
sotsial tabaqalanishning darajasini o‘zgartirishga va ishlab 
chiqarish samaradorligining quyi yoki yuqori chegaralarini cheklab 


134 
turishga imkon beradi. Bu narsaga, birinchidan, aholining kam 
ta’minlangan tabaqalariga, shuningdek, zararga ishlayotgan yoki 
past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish 
orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini 
qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘naltirish yordamida (masalan, 
mehnatni rag‘batlantirish yoki meros sifatida o‘tadigan mol-mulk, 
yoki mahsulotlar bahosi sog‘lom faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
shart-sharoitlardan yuqori bo‘lgan daromadlarning shakllanishiga 
olib kelsa) qo‘lga kiritish mumkin. 
Umumiy tarzda, daromadlarning davlat ixtiyoriga olinishi 
quyidagi holatlarga ta’sir etishi mumkin: 
• baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) 
soliqlar); 
• ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan
iste’mol fondidan olinadigan soliqlar, ijtimoiy xarakterdagi 
byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar); 
• jamg‘armalar hajmiga (investitsion imtiyozlar); 
• bandlik va shaxsiy iste’molga (mehnat haqi fondidan 
olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar)
33

Yuqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari ko‘ri-nishlari 
va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum 
bir tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni maqsadli yo‘nalishda 
tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari 
va h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy 
davlatlarning ko‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining 
katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy 
darajasining 
global 
pasaytirilishi 
sof 
daromadlar, 
talab, 
bandlikning oshishiga olib kelsa, tadbirkorlik tashabbusini 
faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor konyunkturasini 
“muzlatish”ning ishonchli vositasidir. 
Soliqlarning har bir konkret turi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
tartibga solishning tabaqalashtirilgan yo‘nalishiga ega. Masalan, 
sotsial-madaniy 
soha 
xo‘jalik 
hisobidagi 
muassasalarining 
soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga ko‘pgina soliq imtiyozlarining 
taqdim 
etilishi 
jamiyatning 
madaniy-ma’rifiy 
salohiyatini 
oshirishga, uning axloqiy sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini 
soliqqa tortishda ijtimoiy yo‘naltirilganlikning kuchaytirilishi (soliq 
33
Davlat daromadlarining barchasi u yoki bu darajada takror ishlab chiqarish subyektlarining sotsial-iqtisodiy 
faoliyatini tartibga solib, ijtimoiy munosabatlarning barcha turlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham 
ularni iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ma’lum bir guruhiga ustuvor ta’siri yo‘nalishi bo‘yicha klassifikatsiya qilinishi 
shartli xaraktyerga egadir. 
139 
bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi, 
valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, 
ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir ko‘rsatish) 
bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasida 
ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda 
bu narsaning sodir bo‘lishi ancha murakkab bo‘lib, u chuqur va 
har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik 
hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday 
kompleks 
tadqiqotlarning 
mavjud 
emasligi, 
albatta, 
muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda masala o‘z-o‘zidan hal 
bo‘lib ketishi mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, “metod” sifatida 
moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan 
chetda qoldirmaslik kerak. YaIMning hajmi va o‘sish sur’atlari; 
davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning 
ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik 
va puxta o‘ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq 
muddatli) mavjudligi kabilarni, bu o‘rinda, ana shunday obyektiv 
cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling