Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5,3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
J + S = I + Dx,
Bu yerda: J – jamg‘armalar; 179 olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjatdir. Auditorlik hisoboti asosida auditorlik xulosasi tuziladi. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjatdir. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra quyidagilarga baho berishi lozim: • auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga; • alohida-alohida yoki umumiy birgalikda olinganda tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga; • qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligiga; • moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli, qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga; • moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligiga. Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki modifikatsiyalangan fikri ifodalanishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda ijobiy fikr bildiriladi. Modifikatsiyalangan fikr quyidagi holatlarda bildiriladi: • olingan auditorlik dalillari asosida umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega bo‘lsa; • umumiy holda ko‘rilayotgan moliyaviy hisobot muhim buzib ko‘rsatishlarga ega emasligini aniqlash uchun yyetarli darajadagi tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmasa. 180 Modifikatsiyalangan fikr bir nechta turga bo‘linadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida ahamiyatli buzib ko‘rsatishlar mavjud bo‘lsa va ularning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bartaraf etilmasligi, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan hollarda salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuziladi. Shuningdek, quyidagi holatlarda ham salbiy fikr bildiriladi: • xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin ular qonun hujjatlari talablariga muvofiq kelmaganda; • xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati aniqlangan buzib ko‘rsatishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritishga rozi bo‘lmaganda. Izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi quyidagi hollarda tuziladi: • agar auditorlik tashkiloti yyetarli darajadagi auditorlik dalil- larini olib, alohida-alohida yoki umumiy holda ko‘rib chiqilayotgan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri muhim hisoblanib, biroq moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda; • agar auditorlik tashkiloti o‘z fikrini asoslash uchun yyetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lma- ganda, biroq u aniqlanmagan buzib ko‘rsatishlarning ta’siri moliyaviy hisobot uchun muhim bo‘lishi mumkin, lekin moliyaviy hisobotning ko‘pchilik muhim elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelganda. Auditorlik tashkiloti fikr bildirishi uchun zarur bo‘lgan yyetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, fikr bildirishni rad etishi mumkin. Bu holda fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi tuziladi Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlaridan tashqari) yangi qonunchilik bo‘yicha auditorlik teshiruvini o‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi. 189 (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig‘iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og‘ir bo‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirdakdan oladigan” progressiv soliqlar, deb atadi. Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig‘i (profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi. Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg‘arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og‘irlashib boradi, degan K.Marksning g‘oyasi hayotda isbotlanmadi. U foyda, foiz, renta va ish haqi o‘rtasidagi nisbatning davlat va uning moliyasi yordamida o‘zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. U ortiqcha ishlab chiqarishning davriy (siklik) inqirozlari tahlilida davlatning iqtisodiy va shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga ishonmadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning Download 5,3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling