Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
J.M.Keyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning
(1883-1946-yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga keldi hamda u moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Keynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikatsiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida “samarali talab” g‘oyasi yotadi. Iqtisodiyot 1929-1933-yillardagi og‘ir siklik inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda J.M.Keyns o‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936- yil) bayon etdi. Unda beqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana shunday aralashuvning vositalari bo‘lishi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishish uchun, muallifning fikricha, davlat faqat o‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion iste’molga ham ta’sir ko‘rsatishi kerak. J.M.Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga muvofiq, insonlar o‘z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, o‘z navbatida, tovarlarga bo‘lgan talabning pasayib ketishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat ana shunday “qonun”ning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi hamda soliq tushumlari, qarzlar hisobidan o‘z xarajatlarini oshirish yoki turli usullar orqali xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan yetmayotgan talabni to‘ldirishi kerak. Uning formulasi quyidagicha: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling