Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Ks = Hmo : Rmo
Bu yerda: Ks — moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsiyenti; Hmo — davriy koeffitsiyentga o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim; Rmo — rejadagi moliyaviy oqim. Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi 114 pul mablag‘larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo‘lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko‘rsatkichlar mavjud: • bir ishlovchi to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori; • inflyatsiya darajasi va dinamikasi; • davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); • oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir. Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy o‘sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. Davlat qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa 127 Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo‘llanilishini taqozo etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: • iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni yaratish; • korrelyatsion-regression tahlil; • bevosita ekspertli baholash metodi. Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi: • yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (o‘rnatish); • davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish; • muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to‘xtatish. Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zaxiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhim metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning reja ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt yillik ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli (orientirovkali) xaraktyerga ega hisoblanadi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va 126 biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak; • zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash; • va boshqalar. Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich material hisoblanadi, istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirishning axborot (informatsion) asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning obyektiv ravishda o‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek, kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: • o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; • uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliyaviy tizim organlariga moliyaviy tizimni rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliyaviy tizimning barcha subyektlari oldida turgan ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni hal qilishning turli ssenariylari ishlab chiqiladi. 115 subyektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to‘lov muddati kelgan (yoki o‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o‘rtasidagi nisbat demakdir. Sog‘lom ishlayotgan korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo‘lishi kerak: Pa Tqk = --------- 1 Mm Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to‘lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o‘lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsiyenti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o‘ng tomoniga teng yoki undan katta bo‘lsa, unda korxona to‘lovga qobildir. Agar uning o‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan rejali-istiqbolli hisob- kitoblar tizimidan iborat bo‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi. Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi – korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, 116 resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko‘zda tutadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling