Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

 Amortizatsiya (eskirish) - bu aktivning foydali xizmat qilish muddati 
davomida amortizatsiya qilinadigan qiymatini tizimlashtirilgan tarzda taqsimlash 
va o‗tkazib borish ko‗rinishidagi eskirishning qiymat ifodasi. 
Amortizatsiyalanadigan qiymat – bu aktivning moliyaviy hisobotlarda 
ko‗rsatilgan boshlang‗ich (tiklanish) qiymatidan uning likvidatsiya qiymatini 
ayirgan holdagi summasi. 
Analitik hisob – pul va zarur bo‗lgan hollarda natura shaklida detallashgan 
ko‗rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko‗rsatkichlarni detallashtirish reja bajarilishi
xo‗jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‗yicha 
axborotlar olish uchun aniq sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy 
va boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun ob‘yektiv analitik ma‘lumotlar 
kerak. Analitik hisobni yuritish uchun analitik schyotlar qo‗llaniladi. Analitik 
hisob sintetik hisob bilan uzliksiz bog‗langan bo‗lib, uning ma‘lumotlarini 
detallashtirish maqsadida yuritiladi. Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya 
hujjatlariga va boshqa zaruriy ma‘lumotalrga ishora qilinadi. Analitik hisob 
registrlari bo‗lib qo‗llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko‗ra, 
mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, daftarlar bo‗lishi 
mumkin. 
Analitik hisob schyotlari – analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi 
schyotlari. Ular ma‘lum sintetik schyotning ko‗rsatkichlarini detallashtirish uchun 


118 
ochiladi. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik 
hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o‗xshab debet va kreditga ega. Ular 
bo‗yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo‗yicha 
ochilgan barcha analitik schyotlarning debet va kredit aylanmalarining jami hamda 
saldolarining jami so‗m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit 
aylanmalari hamda saldosiga teng bo‗lishi kerak. Buxgalteriya hisobini 
takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari 
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi 
(jamg‗aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan 
birga bir jurnal-orderda olib boriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling