Moliyaviy axborot - bo‗lajak korxona faoliyatining moliviy tamonlarini
baholashda qo‗llaniladi. Bulajak korxonani qurish, ishga solish, boshlang‗ich
davrda moliyaviy qo‗llash va umuman sarflangan sarmoyalarni qaytarish bilan
birga loyihani rentabellik darajasi aniqlanadi.
Moliyaviy natija - korxona, tashkilot, birlashma, aktsionerlik jamiyati va
hokazolarning ma‘lum hisobot davrida, uning tadbirkorlik jarayonida qilgan
xarajatlari va tushimi o‗rtasidagi farqdir.
Markazlashgan buxgalteriya – hisobni markazlashtirishning yuqori shakli
bo‗lib, bunda bir xil korxonalar faoliyatining buxgalteriya hisobi bitta
markazlashgan hisob o‗rganida yig‗iladi. Bunda hisob ishlari keng
avtomatlashtiriladi. Markazlashtirilgan buxgalteriyani tashkil etish hisobni
markazlashtirishning barcha afzalliklaridan to‗la foydalanish imkoniyatini beradi.
Memorial-order – buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda
orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va
kreditlanuvchi schyotlarning nomi (schyotlar korrespondentsiyasi) ko‗rsatiladi.
Memorial- orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter yoki
uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Memorial-orderlar o‗rniga tegishli
shakldagi shtamplar qo‗llanishi mumkin. Ayrim hujjatlarning blankalarida
memorial-order rekvizitlari mavjud, ya‘ni schyotlar korrespondentsiyasi nazarda
tutilgan. Hisobning jurnal-order shaklida memorial-orderlar tuzilmaydi.
Mehnat buyumi – moddiy boyliklar ishlab chiqarish maqsadida kishining
mehnati yo‗naltirilgan buyumlar. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ta‘mirlash uchun ehtiyot qismlar kiradi.
Mehnat buyumlari aylanma mablag‗larga kirib, mehnat qurollari bilan birga ishlab
chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Mehnat vositalari – mehnat quroli bo‗lib, uning yordamida kishilar mehnat
buyumlariga ta‘sir etadi, shuningdek normal ishlab chiqarish jarayoni uchun
zaruriy sharoit yaratadigan ob‘yektlardir. Ishlab chiqarish qurollariga mashinalar,
asbob-uskunalar, dvigatellar va h.k. kiradi. Mehnat vositalari asosiy vositalar
125
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |