Taqrizchilar
Sintetik hisob schyotlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schyotlarning aylanmalari
- Schyotning shifri
- Tiklanish qiymati
Sintetik hisob schyotlari – sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi
schyotlari sintetik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‗lishi mumkin. Oddiy schyotlarning ko‗rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular bo‗yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‗rsatkichlari, zarur bo‗lgan hollarda, analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro‗yhati schyotlar rejasida keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‗zining shifri (nomeri)ga ega. Hozirgi qo‗llanilayotgan schyotlar rejasida (21-son BHMS) subschyotlar yo‗q. Schyotlarning aylanmalari – buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va krediti bo‗yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‗yicha debet aylanma oy davomida hisob ob‘yekti ko‗payishini, passiv schyotlar bo‗yicha - kamayishini anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‗yicha oy davomida hisob ob‘yekti kamayishini, passiv schyotlar bo‗yicha – ko‗payishini ko‗rsatadi. Schyotning qoldig‗ini chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak. Schyotning shifri – schyotning shartli raqamli belgisi (nomeri). Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida har bir schyotning nomi va uning shifri ko‗rsatiladi. Hisobni avtomatlashtirishda schyotlar shifrlarining ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda sintetik hisob schyotlar to‗rt raqamli bo‗lib, ular 0100 dan 9910 gacha. 21-son BHMS bilan joriy etilgan schyotlar rejasida subschyotlar keltirilmagan. Tiklanish qiymati - Asosiy vositalarning qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati. Tayyor mahsulot – korxonada ishlab chiqarishi tugatilgan, belgilangan standartlarga yoki texnik shartlarga to‗g‗ri keladigan mahsulot. Tayyor mahsulot texnik nazoratchi tomonidan qabul qilinib, belgilangan hujjutlar bilan rasmiylashtiriladi va omborga topshiriladi. Ayrim hollarda tayyor mahsulotlar 127 omborga topshirilmasdan, mol oluvchilarga jo‗natiladi. Tayyor mahsulotning har bir turiga kartochkalar ochiladi yoki daftarlarda bir necha betlar ajratiladi. Kartochka yoki daftarda mahsulot nomi, uning nomenklatura nomeri, razmeri, markasi, o‗lchov birligi, har birining bahosi ko‗rsatiladi. Tayyor mahsulotlarning buxgalteriya hisobi, odatda, saldo usulida yuritiladi. Tayyor mahsulotlar joriy hisobda reja tannarxida yoki korxonaning ulgurji bahosida baholanadi. Oy oxirida tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, shu bahoda buxgalteriya balansida ko‗rsatiladi. Ayrim tarmoqlarda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi har oyda emas, yil oxirida aniqlanadi. Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi. Tannarx xo‗jalik yurituvchi sub‘yektning buxgalteriyasida aniqlanadi. Uning uchun xarajatlar moddalari nomenklaturasi bo‗yicha kalkulyatsiya tuziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling