Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Realizatsiya qilish – sotish, ayriboshlash, beg‗araz berish maqsadida 
tovarlarni jo‗natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish, 
shuningdek garovga qo‗yilgan tovarlarga bo‗lgan mulk huquqining garovga 
qo‗yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirilishi. 
Raqobat — bu xo‗jalik yurituvchi subyektlarning o‗zaro musobaqalashuvi 
bo‗lib, bunda ularning o‗rtasida tovar (ish, xizmat) larni qulay sharoitda ishlab 
chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda katta hajmda sotish va shu yo‗sinda 
musobaqada g‗olib chiqish jarayoni. 
Real (haqiqiy) qiymat – bu aktivning joriy bozor qiymati yoki 
qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug‗ullanish huquqiga ega 
bo‗lgan mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlangan qiymatidir.  
Saldo - muayyan vaqt oralig‗ida pul tushumlari va chiqimlari o‗rtasida 


126 
vujudga kelgan qoldiq. Xo‗jalik mablag‗lari yoki ular manbalarining buxgalteriya 
hisobi schyotlari bo‗yicha qoldiq. Aktiv schyotlarning saldosi faqat debetda bo‗lib, 
ma‘lum schyotdagi xo‗jalik mablag‗larining qoldig‗ida ko‗rsatiladi. Passiv 
schyotlarning saldosi faqat kreditida bo‗lib, ma‘lum schyotdagi mablag‗lar 
manbaini ko‗rsatadi. Debet saldolar buxgalteriya balansining aktivida, kredit 
saldolar esa passivida aks ettiriladi.
Sintetik hisob – pul o‗lchovida umumiy ko‗rsatkichlarni beruvchi hisob. 
Bunday ko‗rsatkichlar sintetik schyotlarda bo‗lib, ular mavjud mablag‗lar hamda 
ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‗i, 
ishlab chiqarish xarajatlari, g‗aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‗lari, 
ustav kapitali va h.k.) to‗g‗risida umumiy tasavvurga ega bo‗lish uchun zarur. 
Sintetik hisob ma‘lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi. Sintetik hisob 
registrlari bo‗lib bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling