Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Natural o„lchovlar – buxgalteriya hisobidagi o‗lchovlarning biri bo‗lib, 
uning yordamida buxgalteriya hisobi ob‘yektlari to‗g‗risida natural (massa, 
uzunlik, metr va h.k.) ko‗rinishidagi ko‗rsatkichlar olinadi. Natural o‗lchovlar 
asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy qiymatliklarni hisobga 
olish uchun qo‗llaniladi. Natural ko‗rsatkichlar katta nazorat ahamiyatiga ega. Bu 
ko‗rsatkichlar xo‗jalik mablag‗larini baholash yo‗li bilan pul o‗lchoviga 
aylantiriladi. 
Nomoddiy aktivlar - bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar 
bo‗lib, moddiy va jism shakliga ega bo‗lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan 
ortiq bo‗lgan, hamda ulardan bank xizmatlari ko‗rsatishda yoki ma‘muriy 
maqsadlar uchun foydalanishga mo‗ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga 
patentlar, mualliflik huhuqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter 
dasturiy ta‘minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir. Agar dasturiy ta‘minot 
tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‗lsa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar 
dasturiy ta‘minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‗lmasa, u nomoddiy aktiv 
hisoblanadi. 
Pul - umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi alohida tovar turi, ayirboshlash va 
qiymat shakllarini o‗z-o‗zida rivojlanishi mahsuli. 
Passiv – buxgalteriya balansining bir qismi bo‗lib, unda korxona mablag‗lari 
tashkil bo‗lish manbalari va tayinlanishi ko‗rsatiladi. Balansning passivi aktiviga 
o‗xshab ikkita bo‗lim va bir qancha moddalardan iborat. 
Passiv schyotlar – o‗z mablag‗lar manbaini va majburiyatlarni hisobga 
oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‗lar manbalari ko‗payishi passiv 
schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‗i kreditida bo‗lib, 
balansning passivida ko‗rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning 
ro‗parasiga ―P‖ (passiv) harfi qo‗yilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling