Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Ikkiyoqlama yozuv – xo‗jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi 
schyotlarida registrasiya qilish. Bu usul shundan iboratki, har bir xo‗jalik 
muomalasi ikkita schyotga yoziladi – bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning 
kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob‘yektlarida o‗zgarishlarni 


122 
vujudga keltiradigan xo‗jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan bog‗liq. 
Ikkiyoqlama yozuv birinchi marta italiyalik matematik Luko Pacholi tomonidan 
1494 yili Venetsiyada chop etilgan ilmiy ishida mantiqiy asoslangan. L.Pacholi 
ikkiyoqlama yozuv otasi hisoblanadi. Asrlar davomida xo‗jalik faoliyatida 
―Ikkiyoqlama Italiya buxgalteriyasi‖ degan tushuncha qo‗llanib keldi. Ikkiyoqlama
yozuv tizimi ko‗p asrli sinovdan o‗tib, mana 500 yildan ortiq vaqt ichida amalda 
qo‗llanib kelmoqda. 
Inventarizatsiya – natura shaklidagi mavjud mablag‗lar haqiqiysining 
buxgalteriya hisobi ma‘lumotlariga to‗g‗ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‗g‗ri 
aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‗rsatkichlari 
ishonchliligini va korxona mulki butligini ta‘minlaydi. Xo‗jalik yurituvchi 
sub‘yekt, shu jumladan asosiy faoliyati byudjet mablag‗lari hisobiga 
moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni 
inventarizatsiya qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi O‗zbekiston 
Respublikasining 19-Buxgalteriya hisobi milliy standarti ―Inventarizatsiya qilishni 
tashkil etish va o‗tkazish‖ bilan tartibga solinadi. Rejali va rejadan tashqari 
inventarizatsiya ham bo‗lishi mumkin. Rejali inventarizatsiya yo‗riqnomalarda 
ko‗rsatilgan muddatlarda o‗tkaziladi, rejadan tashqarisi zaruriyat tug‗ilishiga qarab, 
odatda to‗satdan o‗tkaziladi. Inventarizatsiyani to‗g‗ri va o‗z vaqtida o‗tkazish 
masuliyati korxona rahbari va bosh (katta) buxgalteriga yuklatiladi. Korxona 
rahbarining buyrug‗iga binoan korxona xodimlari safidan ishchi inventarizatsiya 
komissiyasi tashkil etiladi va unda bosh (katta) buxgalter qatnashadi. 
Komissiyasini 
korxona 
rahbari 
yoki 
uning 
yordamchisi 
boshqaradi. 
Inventarizatsiya albatta moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o‗tkaziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling