Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Asosiy vositalar – bu moddiy aktivlar bo‗lib: Asosiy vositalarga bino, 
inshootlar, uskuna va asboblar, kompyuterlar, mebel, hisoblash texnikalari
transport vositalari, foydalanish huququqi bilan olingan er, kutubxona fondi
qiymatidan qat‘i nazar, signalizatsiya (ogohlantirish) va binoni qurishda uning 
narxiga kiritilmagan telefonlashtirish obyektlari va shu kabilar tegishli.
Audit — bu korxona moliyaviy hisobotini maxsus ruxsatnomaga ega 
mutaxassis tomonidan tekshirib ekspertiza qilishdir. 
Aylanma mablag„lar – xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning aylanma 
fondlari va muomala fondlarini tashkil etuvchi mablag‗lar. Aylanma fondlar 
tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr 
xarajatlari kiradi. Aylanma mablag‗lar normalashtiriladigan (bunda xom ashyo, 
materiallar, yoqilg‗i, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqalarga normalar 
belgilanadi) va normalashtirilmaydigan (pul mablag‗lari, hisob-kitobdagi 
mablag‗lar)larga bo‗linadi.
Aylanma vedomostlar – buxgalteriya hisobi schyotlarining hisob 
registrlari ma‘lumotlarini umumlashtirish usuli. Aylanma vedomostlar 
schyotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‗i hamda oy bo‗yicha aylanma 
ma‘lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma vedomostlar sintetik va analitik 
schyotlar bo‗yicha tuzilishi mumkin. Aylanma vedomostdagi o‗zaro tenglik debet 
va kredit aylanmalari registratsiya jurnalining jamiga ham teng bo‗lishi kerak. 
Buning sababi har bir xo‗jalik muomalasining summasi registratsiya jurnalida 
hamda schyotlarning debet va kreditida aks ettiriladi.
Baho - tovar va xizmatlar qiymatini puldagi ifodasi. 
Balans qiymati - aktivning buxgalteriya balansida aks ettirilgan summasi.
Balans – doimo o‗zgarib turadigan, o‗zaro aloqada bo‗lgan holatini 
ta‘riflovchi ko‗rsatkichlar tizimining tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo‗lgan 
jadval shaklida ma‘lum bir sanaga tuziladi. Balans qandaydir voqeani ta‘riflab, 
uning qismlarga munosabatini ko‗rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish 
birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki 


119 
xalq xo‗jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‗lov balansi, savdo balansi, 
qishloq xo‗jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling