Taqrizchilar


Boshlang„ich (haqiqiy) qiymat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Boshlang„ich (haqiqiy) qiymat - bu asosiy vositani sotib olish yoki uni 
qurish (bino qurish va qurilishni tugallash) bilan bog‗liq barcha xarajatlar, shu 
jumladan, to‗langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‗inlari, hamda yetkazib berish, 
montaj, o‗rnatish va ishga tushirish bilan bog‗liq bevosita aktivdan belgilangan 
maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
boshqa barcha xarajatlarning summasidir. 
Buxgalteriya hisobi - bu kundalik va umumiy ma‘lumotlar olish maqsadida 


120 
ayrim korxona, aktsiyadorlik jamiyatlari, muassasa, tashkilot va boshqalarning 
xo‗jalik faoliyatini uzlukiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. 
Buxgalteriya hisobi metodining elementlari - bu buxgalteriya hisobining 
ayrim usullariga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va 
inventirizatsiya qilish, baholash va kalkulyatsiya qilish, schetlar tizimi va ikki 
yoqlamali yozuv usuli, buxgalteriya balansi va hisobot. 
Buxgalteriya balansi - korxona mablag‗lari va ularning tashkil topish 
manbalari holatini pul shaklida ma‘lum bir sanaga guruhlashtirish va aks ettirish 
usulidir. 
Buxgalter – buxgalteriya hisobi bo‗yicha mutaxassis. ―Buxgalter‖ termini
13 asrda paydo bo‗lgan. Bu lavozimni birinchi bo‗lib, Insburk schyotlar 
palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu borada imperator
Maksimilian ning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug‗i Vena davlat muzeyida 
saqlanmoqda. Nafaqat Germaniyada,balki Amir Temur davrida ham hisob 
daftarlarini yurituvchi shaxslar – yozuvchilar (kotiblar) bo‗lgan. ―Saltanatning har 
bir idorasida, - deb yozadi Amir Temur 13 asrning oxirida, - bo‗ladigan kirim-
chiqimlarni, kundalik xarajatlari yozib borish uchun bir kotib tayinlansin‖. 1498 
yildan boshlab ―buxgalter‖, ―buxgalteriya‖ degan terminlar eski nomlarinii asta-
sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732 
yildan qo‗llana boshladi. 1732 yil 11 sentyabrda Kommerts – Kollegiyaning 
buyrug‗i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik 
savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma‘lum huquq, burch 
va majburiyatlarga ega bo‗lgan xizmatchi hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va 
egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo‗lishi mumkin. 
Katta buxgalter - buxgalteriyaning bo‗limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter 
buxgalteriyani boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya 
hisobini, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va 
boshqaruv tahlillarini, shuningdek boshqa sohalarni chuqur bilish hamda 
rahbariyat to‗g‗ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab 
qilinadi. O‗zbekistonda hozirgi zamon talablariga to‗liq javob beradigan 
buxgalterlar tayyorlashga katta e‘tibor berilmoqda, buxgalterlar oliy o‗quv 
yurtlarida, ko‗plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling