Taqrizchilar
Balansdan tashqari schyotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansli schyotlar
- Bosh daftar
Balansdan tashqari schyotlar – qoldig‗i buxgalteriya balansiga
kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‗lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda shuningdek qat‘iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya‘ni ikki yoqlama yozuv qo‗llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‗zaro yoki balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi. Balansli schyotlar – ko‗rsatkichlari buxgalteriya balansida aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Lekin bu balans moddalarining nomlari balansli schyotlar nomlariga to‗g‗ri keladi degan ma‘noni bildirmaydi. Bir balansli schyotning ma‘lumotlari bir necha balans moddalarida va aksincha, bir balans moddasida bir necha schyotlarning ma‘lumotlari aks ettirilishi mumkin. Bosh daftar- sintetik hisob yuritish uchun tayinlangan hisob registri. Hisobning jurnal-order shaklida qo‗llaniladi. Bosh daftar yil davomida hisob yuritish uchun mo‗ljallangan. Unda mazkur korxonada qo‗llaniladigan barcha sintetik schyotlar ochiladi. Schyotlar bo‗yicha 1yanvarga qoldiq (saldo) yozilib, har oyda jurnal-orderlarning jami ma‘lumotlari yoziladi va oy bo‗yicha aylanmalari (oborotlari) jamlanib, oy oxiriga saldosi chiqariladi. Hisobning jurnal- order shaklida ma‘lumotlar bosh daftar ma‘lumotlaridan olib yoziladi. Jurnal- orderlarda yozuvlar hujjatlarning kelib tushishiga qarab yoki jamg‗arma vedomostlardan oy bo‗yicha jami aks ettiriladi. Oy oxirida jurnal-orderlarning jami bosh daftarga o‗tkaziladi. Bosh daftarda har bir schyot bo‗yicha kredit aylanmasining summasi bir joyda aks ettiriladi, debet aylanmasi esa kreditlanuvchi schyotlar bilan korrespondentlangan holda aks ettiriladi. Barcha schyotlar bo‗yicha debet va kredit aylanmalari teng bo‗lishi kerak. Shunday qilib, bosh daftarda joriy hisob ma‘lumotlari umumlashtiriladi va alohida schyotlar bo‗yicha yozuvlar o‗zaro tekshiriladi. Bosh daftarga va zarur bo‗lgan hollarda jurnal-order ma‘lumotlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling