Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining hayoti va rivojlanishi uchun zarur 
bo‗lgan mahsulotlarni vujudga keltirish jarayoni. Bu jarayonida ishchi kuchi va 
ishlab chiqarish vositalari birlashadi. Ishlab chiqarish, iste‘mol kabi uzluksiz
davom etadi, ya‘ni takror ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
ishlab chiqarishning besh usuli ma‘lum: ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalistik, 
sotsialistik. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatalari, olingan mahsulotlar 
va ularning iste‘moli aks ettiriladi. Ishlab chiqarish vositalari – mehnat vositalari 
va mehnat buyumlari majmuasi. Ishlab chiqarish zahiralari – korxonadagi barcha 
materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zahiralari 1000 ―Materiallarni hisobga 
oluvchi schyotlar‖ va boshqa schyotlarda hisobga olinadi. 
Kapital - bu o‗z egasiga daromad keltiruvchi mablag‗ va resurs. 
Qoldiq qiymat – bu aktivning boshlang‗ich (tiklanish) qiymatidan yig‗ilgan 
eskirish summasini ayirish orqali aniqlanadigan qiymatidir. a) bank faoliyatida 
bank xizmatlarini ko‗rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma‘muriy 
maqsadlarda ulardan foydalaniladi; b) xizmat muddati bir yildan ortiq bo‗lmagan; 


123 
Kredit - pul mablag‗lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama to‗lab 
qaytarib berish sharti bilan ma‘lum muddatga qarzga berish. 
Kalkulyatsiya – xarajatlarni guruhlash va sotib olingan moddiy 
qiymatliklarni, tayyorlangan mahsulot va bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash 
usuli. kalkulyatsiya tannarxi bo‗yicha reja bajarilishi, uning pasayishi va haqiqiy 
xarajatlarning rejadagidan farqlanishini aniqlash imkoniyatini beradi. Tuzulgan 
vaqti va tayinlanishiga qarab kalkulyatsiya rejali, normativ va hisobot 
kalkulyatsiyasiga bo‗linadi.
Kalkulyatsion schyotlar – ishlab chiqarilgan mahsulot va bajarilgan 
ishlarning tannarxini hisoblashda zarur bo‗ladigan ma‘lumotlarni olish uchun 
xizmat qiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling