Taqrizchilar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsignatsiya
- Kontrpassiv schyotlar
- Likvidatsiya qiymati
Kalkulyatsiya ob‟yekti – tannarxi aniqlanadigan sotib oligan moddiy
qiymatliklar, tayyorlangan buyum yoki bajarilgan ishlarning turi yoki bir xil guruhi. Kapital qo„yilmalar – natijada asosiy vositalarni ko‗paytiradigan xarajatlar. Korxonalarda kapital qo‗yilmalar tasdiqlangan titul ro‗yhati va loyiha-smeta hujjatlari bo‗lsagina amalga oshirilishi mumkin. Kapital qo‗yilmalar ularning yo‗nalishiga, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar turlari, qurilish ob‘yektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib boirsh usullari bo‗yicha guruhlanadi. Kapital qo‗yilmalar 0800 ―Kapital qo‗yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar‖ bo‗yicha hisobga olinadi. Konsignatsiya – bir tomon (konsignant)ning boshqa tomon (konsignator)ga o‗z nomidan konsignantning xorijdagi omboridan tovarlarni sotish to‗g‗risidagi buyrug‗i. Kontraktiv schyotlar – aktiv schyotlarning ko‗rsatkichlarini tartibga solish uchun tayinlangan kontrar schyotlar. Kontraktiv schyotlarga 0200 ―Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar‖, 0500 ―Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar‖, 2980 ―Savdo ustamasi‖, 4910 ―Dargumon qarzlar bo‗yicha rezerv‖ schyotlari kiradi. Kontrpassiv schyotlar – passiv schyotlar ko‗rsatkichlarini tartibga keltirish uchun tayinlangan kontrar schyotlar. 8600 ―Sotib olingan xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar‖, 9040 ―Sotilgan tovarlarning qaytishi‖, 9050 ―Haridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar‖ schyotlari kontrpassiv schyotlarga misol bo‗ladi. Lizing - vaqtincha bo‗sh turgan yoki jalb etilgan mablag‗larni investitsiyalash, bunda lizing beruvchi muayyan sotuvchidan shartnmada kelishib olgan mulkni sotib olish majburiyatini oladi va lizing oluvchiga shu mulkni haq olib vaqtincha foydalanishga berishni o‗z zimmasiga oladi. Likvidatsiya qiymati – bu asosiy vositalarning taxmin qilinayotgan foydali 124 xizmat qilish muddati oxirida ularni likvidatsiya qilish bo‗yicha, kutilayotgan xarajatlarni ayirgan holda aniqlanadigan qiymatidir. Litsenziya — muayyan faoliyat turi bigan shug‗ullanish, muayyan mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek ixtiro yoki boshqa texnika yutuqlaridan foydalanish huquqi uchun belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnoma, hujjat. Majburiyat - bu fuqarolik huquqiy munosabatlari bo‗lib, uning vositasida bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga (kreditor) muayyan xatti xarakatlar qilishi, aytaylik: mulkni o‗tkazish, ishni bajarish, xizmat ko‗rsatish, pul to‗lashi va xonoz yoki muayyan xatti-xarakatdan o‗zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan o‗z vazifasini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling