Taqrizchilar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Qimmatli qog„ozlar - mulkiy huquqlarini yoki mazkur qog‗ozlarni 
chiqargan shaxs va ularning sohibi o‗rtasidagi qarz munosabatlarini tasdiqlovchi
divident yoki foiz shaklida foyda to‗lanishi hamda ushbu hujjatlardan kelib 
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga o‗tkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul 
hujjatlari. Aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, 
qimmatli qog‗ozlardan hosila hujjatlar, veksellar qonunga ko‗ra qimmatli 
qog‗ozlar hisoblanadi. 
Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning puldagi 
ifodasidir. 
Xorijiy korxona -ustav kapitali chet el sarmoyasidan iborat bo‗lgan yuridik 
shaxs. 
Xronologik yozuv – xo‗jalik muomalalarini xronologik tartibda, ya‘ni ular 
sodir bo‗lishi sanalari bo‗yicha yozish. Xronologik yozuv buxgalteriya hisobi 
ob‘yektlari to‗g‗risida zaruriy ko‗rsatkichlarni olish imkoniyatlarini bermaydi. 
Buning uchun tizimli yozuv qo‗llaniladi. Xronologik yozuv uchun hisobning 
memorial-order shaklida qo‗llaniladigan registratsiya jurnali tayinlangan. 
Registratsiya jurnaliga oy boshida yozilgan summa barcha schyotlarning oy 
bo‗yicha debet va kredit aylanmalari jamiga teng bo‗lishi kerak. Bunday nazorat 
tenglik ikkiyoqlama yozuvning ma‘nosidan kelib chiqadi. Xronologik yozuv 
tizimli yozuv bilan birga bir hisob registrida amalga oshirilishi mumkin.
Xo„jalik muomalalari – mablag‗larning hajmida, tarkibida, joylashish va 
foydalanishida, shuningdek, bu mablag‗lar manbaining tarkibi va tayinlanishida 
o‗zgarishlarini hosil qiladigan alohida xo‗jalik harakati. Xo‗jalik muomalalari va 
ular tufayli hisob ob‘yektlarida bo‗ladigan o‗zgarishlar buxgalteriya hisobida qayd 
qilinadi. Xo‗jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida qayd qilish yo‗li bilan 
uning predmeti aks ettiriladi. 
Xususiy mulk huquqi - shaxs tamonidan qonunga muvofiq qo‗lga kiritilgan 
mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi. 


129 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling