Taqrizchilar
Tartibga soluvchi schyotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlovchi schyotlar
- Taqqoslovchi schyotlar
- Tizimli yozuv
Tartibga soluvchi schyotlar – xo‗jalik mablag‗lari baholarini tuzatish
(tartibga solish), bu mablag‗lar holati to‗g‗risida qo‗shimcha ko‗rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma‘lum asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda tartibga soluvchi schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo‗shiladi, yoki undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi schyotlarni qo‗llash zaruriyati xo‗jalik mablag‗larini baholash bo‗yicha belgilangan qoidalar bilan bog‗liq. Taqsimlovchi schyotlar – ma‘lum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va ularnig kalkulyatsiya ob‘yektlari, hisobot davrlari va hokazolar bo‗yicha to‗g‗ri taqsimlashni ta‘minlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda bo‗ladi. Ularning bir xili hisobot davri davomida egri xarajatlar smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida kalkulyatsiya obyektlari bo‗yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun tayinlangan. Bunday schyotlar yig‗uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. Boshqa taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo‗yicha to‗g‗ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar bo‗yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi. Taqqoslovchi schyotlar – ma‘lum xo‗jalik jarayonlarining natijalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu ma‘lum schyotlarning debet va kredit aylanmalarini taqqoslash yo‗li bilan bajariladi. Tezkor hisob – tezkor yoki tezkor-texnik hisob xo‗jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi to‗g‗risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma‘lum xo‗jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga 128 oshishi paytida ro‗yxatga olish tizimi bo‗lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma‘lumotlaridan xo‗jalik jarayonlari bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Tezkor hisobning ko‗p ma‘lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni boshqarish uchun foydalaniladi. Tizimli yozuv – buxgalteriya hisobi schyotlarida xo‗jalik muomalalarini ma‘lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo‗jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi ob‘yektlari bo‗yicha ma‘lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari (bosh daftar)da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jurnal-order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma‘lumotlari xronologik yozuv ma‘lumotlari bilan bog‗langan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling