Taqrizchilar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik hisob
- Analitik hisob schyotlari
Amortizatsiya (eskirish) - bu aktivning foydali xizmat qilish muddati
davomida amortizatsiya qilinadigan qiymatini tizimlashtirilgan tarzda taqsimlash va o‗tkazib borish ko‗rinishidagi eskirishning qiymat ifodasi. Amortizatsiyalanadigan qiymat – bu aktivning moliyaviy hisobotlarda ko‗rsatilgan boshlang‗ich (tiklanish) qiymatidan uning likvidatsiya qiymatini ayirgan holdagi summasi. Analitik hisob – pul va zarur bo‗lgan hollarda natura shaklida detallashgan ko‗rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko‗rsatkichlarni detallashtirish reja bajarilishi, xo‗jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‗yicha axborotlar olish uchun aniq sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun ob‘yektiv analitik ma‘lumotlar kerak. Analitik hisobni yuritish uchun analitik schyotlar qo‗llaniladi. Analitik hisob sintetik hisob bilan uzliksiz bog‗langan bo‗lib, uning ma‘lumotlarini detallashtirish maqsadida yuritiladi. Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya hujjatlariga va boshqa zaruriy ma‘lumotalrga ishora qilinadi. Analitik hisob registrlari bo‗lib qo‗llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko‗ra, mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, daftarlar bo‗lishi mumkin. Analitik hisob schyotlari – analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular ma‘lum sintetik schyotning ko‗rsatkichlarini detallashtirish uchun 118 ochiladi. Analitik schyotlar faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi. Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o‗xshab debet va kreditga ega. Ular bo‗yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda bir sintetik schyot bo‗yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so‗m hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda saldosiga teng bo‗lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob yordamchi (jamg‗aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling