Taqrizchilar


Balansdan tashqari schyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/103
Sana24.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1796637
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
Жуманазаров С. Мухаммедова Д. Бухгалтерия ҳисоби назарияси масалалар тўплами

Balansdan tashqari schyotlar – qoldig‗i buxgalteriya balansiga 
kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha 
turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, masul saqlashga 
qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.) tegishli bo‗lgan tovar-moddiy 
qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda 
shuningdek qat‘iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik 
qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, 
ya‘ni ikki yoqlama yozuv qo‗llanmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‗zaro yoki 
balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi. 
Balansli schyotlar – ko‗rsatkichlari buxgalteriya balansida aks ettiriladigan 
buxgalteriya hisobi schyotlari. Lekin bu balans moddalarining nomlari balansli 
schyotlar nomlariga to‗g‗ri keladi degan ma‘noni bildirmaydi. Bir balansli 
schyotning ma‘lumotlari bir necha balans moddalarida va aksincha, bir balans 
moddasida bir necha schyotlarning ma‘lumotlari aks ettirilishi mumkin.
Bosh daftar- sintetik hisob yuritish uchun tayinlangan hisob registri. 
Hisobning jurnal-order shaklida qo‗llaniladi. Bosh daftar yil davomida hisob 
yuritish uchun mo‗ljallangan. Unda mazkur korxonada qo‗llaniladigan barcha 
sintetik schyotlar ochiladi. Schyotlar bo‗yicha 1yanvarga qoldiq (saldo) yozilib, 
har oyda jurnal-orderlarning jami ma‘lumotlari yoziladi va oy bo‗yicha 
aylanmalari (oborotlari) jamlanib, oy oxiriga saldosi chiqariladi. Hisobning jurnal-
order shaklida ma‘lumotlar bosh daftar ma‘lumotlaridan olib yoziladi. Jurnal-
orderlarda yozuvlar hujjatlarning kelib tushishiga qarab yoki jamg‗arma 
vedomostlardan oy bo‗yicha jami aks ettiriladi. Oy oxirida jurnal-orderlarning jami 
bosh daftarga o‗tkaziladi. Bosh daftarda har bir schyot bo‗yicha kredit 
aylanmasining summasi bir joyda aks ettiriladi, debet aylanmasi esa kreditlanuvchi 
schyotlar bilan korrespondentlangan holda aks ettiriladi. Barcha schyotlar bo‗yicha 
debet va kredit aylanmalari teng bo‗lishi kerak. Shunday qilib, bosh daftarda joriy 
hisob ma‘lumotlari umumlashtiriladi va alohida schyotlar bo‗yicha yozuvlar o‗zaro 
tekshiriladi. Bosh daftarga va zarur bo‗lgan hollarda jurnal-order ma‘lumotlariga 
asosan buxgalteriya balansi tuziladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling